Maqolada 2010-2023 yillarda O'zbekistondan tovarlar va xizmatlar eksporti dinamikasi tahlil qilinadi, eksportning tovar kontsentratsiyasi indeksi va eksportni diversifikatsiya indeksidan foydalanish asosida O'zbekiston eksportining tovar tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya darajasi baholanadi. 2010-2023 yillarda O'zbekiston eksportini rivojlanish tendentsiyalarining statistik tahlili eksport tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilishni jadallashtirish, tovar eksporti tarkibida yuqori qo'shilgan qiymatga ega tayyor tovarlar ulushini oshirish, xizmatlar eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, hududlarning eksport faoliyatini rivojlantirish zarurligini ko'rsatadi. Eksportni diversifikatsiya qilishni jadallashtirish iqtisodiy siyosatning turli yo'nalishlarida, shu jumladan savdo, investitsiya, sanoat siyosatini takomillashtirish va institutsional islohotlarni chuqurlashtirishda o'zaro bog'liq chora-tadbirlar majmuini amalga oshirishni talab qiladi.
Ushbu maqolada mualliflar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro savdoning bugungi holati, uning tovar tarkibi va dinamikasini tahlil qilgan.
Ushbu maqolada postindustrial jamiyatga oʻtishdan bugungi kungacha boʻlgan oʻzgarishlar tahlili iqtisodiy tizimlarning sanoatlashgan iqtisodiyot, xizmatlar iqtisodiyoti hamda oʻzgarishlar iqtisodiyotiga oʻtib borayotgani, postindustrial jamiyat iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari, N.Leyperning turizm tizimi modeli tarkibi va “Turistik majmua” tushunchasiga konseptual yondashuvlarning mazmuni hamda faoliyatini boshqarishning nazariy-uslubiy jihatlari tahlil qilingan.
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning nazariy jihatlari, raqamli iqtisodiyotga xos bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, raqamlashtirish sohasidagi o‘zgarishlar masalalari yoritib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijasida muallif tomonidan amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.