Soʻngi yillardagi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar natijasida davlat fuqarolik xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu oʻrinda, boshqaruv kadrlarining salohiyatini oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda istalgan vaqtda va joyda oʻzlari ustida mustaqil ishlashlari uchun virtual muhitni yaratish muhim sanaladi. Shularni inobatga olgan holda, ushbu maqolada raqamli texnologiyalar, jumladan sunʼiy intellekt texnologiyalarining taʼlim jarayonlaridagi imkoniyatlari boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, bunday zamonaviy texnologiyalarni boshqaruv kadrlarining kompetensiyalarini baholash, ularning salohiyatidan kelib chiqib individual yondashish va kompetensiyalarini doimiy rivojlantirib borish mexanizmi ishlab chiqilgan, shuningdek, uni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirilgan
Ushbu maqolada O‘zbekiston aholi soni dinamikasiga tashqi mehnat migratsiyasining demografik ta’siri tahlil qilinadi. Migratsiya oqibatida yuzaga kelayotgan hududiy nomutanosiblik, tug‘ilish ko‘rsatkichlari oshishi, mehnatga layoqatli aholi qatlamining ortishi kabi omillar statistik usullar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari migratsiya jarayonlarining uzoq muddatli demografik oqibatlarini aniqlashga va tegishli siyosiy qarorlarni ishlab chiqishga ilmiy asos yaratadi. Maqola nazariy hamda amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib, demografik siyosatni takomillashtirishga xizmat qiladi.