• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
OZIQ-OVQAT NARXLARINING O‘ZGARUVCHANLIGI VA UNING MAHSULOT TURLARI BO‘YICHA QISHLOQ MEHNAT BOZORIGA IQTISODIY TA‘SIRI
Ravshan Asamov

Oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligi global qishloq xo‘jaligi bozorlarida muhim masala bo‘lib, shahar va qishloq hududlaridagi iqtisodiy natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, aholisining katta qismi qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lgan qishloq mehnat bozorlarida oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligi ko‘p qirrali ta’sirga ega. Ushbu maqola oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligining qishloq mehnat bozorlariga ta'sirini, turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlari turlari nuqtayi nazaridan o‘rganadi. Biz bandlik, ish haqi, daromadlarning taqsimlanishi va migratsiya tendensiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sirlarni tahlil qilamiz. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ushbu ta’sirlar mintaqalar va mahsulot turlari bo‘yicha farqlanadi: asosiy ekinlar, naqd ekinlar va chorvachilik mahsulotlari o‘ziga xos iqtisodiy dinamikaga ega. Maqolada nazariy asoslar va empirik ma’lumotlardan foydalanilgan bo‘lib, narx o‘zgaruvchanligining salbiy ta’sirlarini yumshatishga qaratilgan siyosat strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi, bu esa qishloq mehnat bozorlarini yanada bardoshli qilishga yordam beradi.

12/27/2024
  • PDF (English)
40-47 207 106
OʻZBEKISTON SOʻMINI ARIMA–GARCH–MONTE-KARLO MODELLARI ASOSIDA PROGNOZ QILISH
Fazliddin Sindarov

Valyuta kursini aniq prognoz qilish rivojlanayotgan va chegaraviy bozorlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki bunday bozorlarda valyuta kurslari tez oʻzgaruvchan boʻlib, devalvatsiya bosimlari, tashqi iqtisodiy shoklar, inflyatsiya tafovutlari va moliya bozoridagi noaniqliklar taʼsirida keskin tebranishi mumkin. Ushbu maqolada AQSh dollarining Oʻzbekiston soʻmiga nisbatan kursini prognozlash uchun ARIMA–eGARCH–Monte-Karlo modellari qoʻllanildi. Tadqiqot 2018-yil yanvardan 2026-yil aprelgacha boʻlgan kunlik USD/UZS kursi maʼlumotlariga asoslandi. Dastlab valyuta kursining logarifmik daromadlari hisoblanib, ularning statsionarligi ADF, Phillips–Perron va KPSS testlari yordamida tekshirildi. Shundan soʻng kurs daromadlarining oʻrtacha dinamikasini baholash uchun ARIMA modeli, oʻzgaruvchanlikning klasterlanishi va asimmetrik shoklarni baholash uchun esa GARCH oilasiga mansub   eGARCH, eGARCH va GARCH modellari natijalari taqqoslandi. Model natijalariga koʻra, eGARCH (1,1) modeli eng maqbul model sifatida tanlandi. Keyingi bosqichda ushbu model asosida 252 savdo kuni uchun Monte-Karlo simulyatsiyasi usulidan foydalanib 50 000 ta ssenariy asosida prognoz qiymatlari ishlab chiqildi. Natijalar USD/UZS kursining kelgusi bir yillik ehtimollik ssenariylarini shakllantirish imkonini berdi. Bazaviy median prognoz bir AQSh dollari uchun 12 518 soʻmni tashkil etdi, 90 foizlik ehtimollik oraligʻi esa 11 621 soʻmdan 13 218 soʻmgacha boʻlgan diapazonni qamrab oldi. Tadqiqot natijalari USD/UZS kursida devalvatsiya shoklari oʻxgarishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishini va valyuta kursini baholashda oddiy nuqtali prognozdan koʻra ehtimollik asosidagi stsenariylar samaraliroq ekanligini koʻrsatadi. Ushbu yondashuv markaziy bank, tijorat banklari, eksport-import korxonalari va risk-menejerlar uchun valyuta risklarini baholash va stress-testlashda amaliy ahamiyatga ega.

06/30/2026
  • PDF
102-119 33 20
BANKLARNING QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDAGI OPERATSIYALARI BILAN BOG’LIQ MUAMMOLARI VA BARTARAF ETISH YO’LLARI
Doniyor Niyozmetovv

Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operatsiyalari bilan bog'liq muammolar va ularni bartaraf etish yo'llarini o'rganishga bag'ishlangan. Banklar o'z moliyaviy portfelini diversifikatsiya qilish, risklarni boshqarish va qo'shimcha daromad olish maqsadida qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat yuritadilar. Biroq, bu jarayonda yuzaga keladigan qator muammolar mavjud: likvidlik yetishmovchiligi, bozor volatilligi, regulyatsion cheklovlar va axborot assimetriyasi kabi omillar bank operatsiyalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ushbu muammolarni hal etish uchun zamonaviy risklarni boshqarish usullari, regulyatorlar tomonidan qabul qilingan yangi qoidalar, bozor sharoitlariga moslashish va texnologik yangiliklardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi global moliyaviy bozorlarning o'zgaruvchanligi sharoitida banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalarining muhimligidan kelib chiqadi.

10/31/2024
  • PDF
159-165 441 134
QISHLOQ XO‘JALIGINI MOLIYALASHTIRISHDA BYUDJET, SUG‘URTA VA BANK MEXANIZMLARINI INTEGRATSIYALASH ORQALI MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH
Rustam Imomov

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini integratsiyalash orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori misolida davlat byudjeti subsidiyalari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va tijorat banklari kreditlashining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan sinergetik samarani baholashdir. Metodologik asos sifatida ilmiy-adabiy manbalar tahlili, korrelatsion va regressiya tahlili, sug‘urta hisoblash modeli, kredit xavfi tahlili hamda fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksini baholash usullaridan foydalanildi. IMF, FAO, Jahon banki, OECD va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlari asosida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Tadqiqot natijalari davlat agrar xarajatlari ulushi oshishi qishloq xo‘jaligi o‘sishining o‘zgaruvchanligini kamaytirishini, sug‘urta qamrovi kengayishi agrar kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashini, sug‘urtalangan kreditlarda defolt ehtimoli sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi. Fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksining pastligi O‘zbekistonda agrar kapital ta’minotini kuchaytirish zarurligini tasdiqlaydi. Mualliflar byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini kompleks integratsiyalash agrar sektor moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi ekanini asoslaydi va agrar siyosat uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.

11/28/2025
  • PDF
62-69 155 81
OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARI FOYDA SAMARADORLIGI TAHLILI
Sherzod Xannayev

Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining foyda samaradorligi Stoxastik Chegara Tahlili (SFA) usuli asosida baholanadi. Tahlil 1999-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda faoliyat yuritgan tijorat banklari ma’lumotlariga asoslangan. Tadqiqot natijalari tijorat banklarining foyda samaradorligi yillar davomida ortib borganini, lekin global moliyaviy inqiroz va pandemiya davrida pasayganini ko‘rsatdi. Mulkchilik shakliga qarab, davlat banklari o‘rtacha eng yuqori foyda samaradorligiga ega bo‘lgan, xorijiy banklar esa yuqori tebranuvchanlikka ega bo‘lishiga qaramay, ba’zi yillarda eng yuqori natijalarga erishgan. Xususiy banklar va aksiyadorlik tijorat banklarining foyda samaradorligi o‘zgaruvchan bo‘lib, bozor sharoitlariga bog‘liq holda keskin tebrangan.

03/28/2025
  • PDF
224-231 242 100
O‘ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA VALYUTA KURSINING TA’SIRI
Asadbek Sobirov

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash jarayonida valyuta kursining roli va ahamiyati oʻrganilgan. Asosiy eʼtibor milliy valyutaning kurs o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy oqibatlarga, xususan, inflyatsiya darajasi, tashqi savdo balansi va iqtisodiy o‘sishga qaratilgan. Maqolada Markaziy bankning valyuta siyosati, milliy iqtisodiyotda valyuta zaxiralarini boshqarish usullari va tashqi iqtisodiy faoliyatga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Maqolada valyuta kursining o‘zgaruvchanligi va uning iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ta’siri xalqaro tajribalar asosida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali mexanizmlar taklif qilingan.

01/31/2025
  • PDF
155-161 424 116
ЎЗБЕКИСТОНДА ТЎҚИМАЧИЛИК САНОАТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА МАРКЕТИНГНИНГ АҲАМИЯТИ: ЎСИШ ВА БАРҚАРОРЛИК СТРАТЕГИЯСИ
Лола Азимова

Ушбу мақола ривожланаётган бозор динамикаси ва глобал муаммолар шароитида ўзбек тўқимачилик саноатида рақобатбардошликни ошириш бўйича турли стратегияларни ўрганади. Мақолада бозор талабининг ўзгариши, валюта курсининг ўзгарувчанлиги, технологик эскириш, инфратузилма чекловлари ва тартибга солиш чекловлари каби муаммолар кўриб чиқилади, шу билан бирга экспортни диверсификация қилиш, қўшилган қийматли маҳсулотларни ривожлантириш, барқарорлик, рақамлаштириш ва инвестициявий ҳамкорлик имкониятлари ёритилган. Муаллифлар соҳа муаммолари ва имкониятларини ҳар томонлама таҳлил қилиб, рақобатбардошлигини ошириш ва жаҳон бозорида барқарор ўсишга эришишга интилаётган ўзбек тўқимачилик фирмалари учун қимматли фикрлар ва амалий тавсиялар беради.

04/30/2024
  • PDF
320-328 148 106
ВАЛЮТА КУРСИ ВА ИНФЛЯЦИЯ ДАРАЖАЛАРИНИНГ ПРОГНОЗ СЦЕНАРИЙЛАРИ
Мухлиса Норбаева

Ушбу илмий мақолада мамлакатимизда валюта курсига таъсир
этувчи омиллар таҳлил қилинган. Шунингдек, Ўзбекистон мисолида миллий валюта
курси тебранишининг ҳамда ички иқтисодиётда инфляция даражасининг 2026 йилга
қадар прогноз сценарийлари амалга оширилди. Валюта сиёсатини либераллаштиришдан
кейинги даврдан, яъни 2017 йил октябрь ойидан кейинги давр статистикалари асосида
прогноз қилинди

02/29/2024
  • PDF
514-521 146 110
1 - 8 from 8

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer