Ushbu maqolada aholi bandligi tushunchasi va iqtisodiy faoliyat kategoriyalarda tarkibiy o‘zgarishlar o‘rganib chiqilgan, hududlar bo‘yicha rasmiy va norasmiy sektorlarda band aholining ko‘rsatkichlari tahlil etilgan va ishsizlikka olib keladigan omillarni bartaraf etish borasida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu omillar yig‘indisining band aholi tuzilmasi va tarkibiga ta’siri insonning mehnatga qobiliyati va uning ishlab chiqarish jarayonidagi faol ishtiroki oqibati hosili bo‘lib, mutaxassisligi va kasbi bilan belgilanadi.
Turizm katta mehnat talab qiladigan soha bo‘lib, u iqtisodiyotning ko‘plab turli sektorlarida ko‘p tarmoqli bandlikni ta’minlaydi, chunki u umumiy turizm mahsulotini yaratuvchi turli xil iqtisodiy faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolani tayyorlashdan ko‘zlangan maqsad bandlik hisobini yuritish bo‘yicha xalqaro tavsiyalarni o‘rganish hamda turizmning bandlik bozoriga va aksincha, bandlik bozorining turizmga ta’sirini o‘rganish, shuningdek, turizm sohasida bandlikni hisobga olish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqolada innovatsiyalarni iqtisodiyotda qoʻllashning xorij va oʻzbek olimlari talqinlari tahlil qilingan. Innovatsion iqtisodiyot xususiyatlari, davlatlar milliy iqtisodiyotining innovatsionlik darajasini aniqlash koʻrsatkichlari, innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchil bogʻlanish yoritilgan. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan bandlikning innovatsion shakllari kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlanishi, virtual ish joylari, frilansing kabi bandlik turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy tahlil qilingan.
Oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligi global qishloq xo‘jaligi bozorlarida muhim masala bo‘lib, shahar va qishloq hududlaridagi iqtisodiy natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, aholisining katta qismi qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lgan qishloq mehnat bozorlarida oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligi ko‘p qirrali ta’sirga ega. Ushbu maqola oziq-ovqat narxlari o‘zgaruvchanligining qishloq mehnat bozorlariga ta'sirini, turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlari turlari nuqtayi nazaridan o‘rganadi. Biz bandlik, ish haqi, daromadlarning taqsimlanishi va migratsiya tendensiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sirlarni tahlil qilamiz. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ushbu ta’sirlar mintaqalar va mahsulot turlari bo‘yicha farqlanadi: asosiy ekinlar, naqd ekinlar va chorvachilik mahsulotlari o‘ziga xos iqtisodiy dinamikaga ega. Maqolada nazariy asoslar va empirik ma’lumotlardan foydalanilgan bo‘lib, narx o‘zgaruvchanligining salbiy ta’sirlarini yumshatishga qaratilgan siyosat strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi, bu esa qishloq mehnat bozorlarini yanada bardoshli qilishga yordam beradi.
Ушбу мақолада яшил иқтисодиётга ўтиш шароитида яшил иш ўринларини ташкил қилиш, уларнинг турлари ва хусусиятлари, келажакда истиқболли касблар эканлиги ҳақида ва яшил иш ўринларини умумий бандликдаги хиссаси ва келажакда яратиладиган иш ўринлари ҳақида фикр юритилади.
Мақола агросервис хизматларини такомиллаштириш – камбағалликни қисқартиришнинг муҳим омили эканлигини асослашга бағишланган. Бунда асосий эътибор қишлоқ аҳолисининг иш билан бандлигини таъминлаш орқали камбағалликни қисқартириш масалаларига қаратилган. Бунда ҳозирги пайтда агросервис хизматларига кирадиган хизмат турлари келтирилган бўлиб, улардан бандликни таъминлашда қандай фойдаланиш мумкинлиги ҳам асослаб берилган.
Mazkur maqolada zamonaviy massivlarda aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishda xizmatlarning o’rni, o’ziga xosligi, xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari kabilar yoritilgan. Xizmatlar faoliyatining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi tahlil qilingan.
Transport tizimi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu maqolada transport tizimi ommaviy tovar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy transport tomonidan ta’minlangan uzoq (deyarli cheksiz) masofalarga katta hajmdagi tovarlarni muntazam ravishda har qanday ob-havo sharoitida tez va xavfsiz yetkazib berish orqali savdo, sanoat o‘sishi, bandlik va mintaqaviy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi tahlil qilingan. Bundan tashqari maqolada, transport turlarining ustunlik va kamchilik tomonlari hamda ularning tashqi savdo hajmidagi ulushlari tahlili olib borilgan. So‘ngra temir yo‘l transportining eksport salohiyatini oshirishdagi ro‘li aniqlab berilgan hamda temir yo‘l transportini rivojlantirish uchun takliflar ishlab chiqilgan
Maqolada mamlakatimizdagi sanoat tarmog’ining o’zgarish tendensiyasi va uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasini oshirish imkoniyatlari atroflicha o’rganilgan. Bunda sanoat mahsuloti o’sish sur’atiga ta’sir ko’rsatuvchi 25 turdagi ko’rsatkichlarning 6 yillik dinamikasi panel ma’lumotlari sifatida tanlab olinib, 4 xil model bo’yicha parametr qiymatlari aniqlangan va ularning iqtisodiy mazmuni tushuntirilgan.
Мақолада норасмий бандликни легаллаштириш ва бизнесни “соя”дан чиқаришда ўзини ўз банд қилишнинг ўрни, яратилган шароит ва имкониятлар, бу борада чет эл тажрибаси ва мамлакатимизда амалга оширилаётган тадбирлар ёритилган. Шунингдек, ўзини ўзи банд қилишни солиқлар воситасида тартибга солишни янада такомиллаштириш масалалари бўйича таклифлар келтириб ўтилган.