Maqolada turizmni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish va uni amalga oshirishda hududlarning turistik salohiyatiga baho berish zaruriyatini taqozo etishi ta’kidlanib, salohiyat, turizm salohiyati va iqtisodiy salohiyat tushunchalariga berilgan ta’riflar tahlil etilgan. Hududlarning turistik salohiyatiga baho berishshda unga ikki tomonlama – ресурсга асосланган ва жараён yondashуви zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif tomonidan miqdoriy baho berish murakkab bo‘lgan hollarda resurs yondoshuviga asoslangan holda ekspert baholari yordamida baholash metodi taklif etilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mehmonxona sektorining rivojlanish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilib, sohaning hozirgi tendensiyalari va istiqbollari tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida so‘nggi yillardagi rasmiy statistik ma’lumotlar, joylashtirish vositalari mehmonlarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus tizimi ma’lumotlari to‘plandi va o‘rganildi. Shuningdek, mehmonxona xizmatlari bozorining rivojlanish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida mehmonxona sohasi vakillari orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Olingan natijalar turizm sanoatining milliy strategiyasi doirasida sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.