Globallashuv sharoitida turizm industriyasining jadal rivojlanishi O‘zbekistonda turistik infratuzilma boshqaruvida chuqur strukturaviy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada turistik infratuzilmaning asosiy tarkibiy unsurlari, ularning rivojlanish tendensiyalari va iqtisodiy omillar bilan o‘zaro ta’siri tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotda 2016-2024 yillar davomida mehmonxona xo‘jaligi quvvatining oshishi, transport-logistika imkoniyatlarining kengayishi, investitsion oqimlarning faollashuvi, hududiy turizm klasterlarining shakllanishi va xizmatlar sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, infratuzilma rivojlanishining turizm talabiga ta’siri, davlat siyosati va islohotlarning sektorga qo‘shimcha impulsi, pandemiya davri va undan keyingi tiklanish jarayonlari ekonometriк modellar orqali baholandi. Tadqiqot natijalari turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish, xalqaro turistlar oqimini ko‘paytirish, hududlar bo‘yicha infratuzilma samaradorligini oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida xususiy investitsiyalarning tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda so‘nggi yillardagi islohotlar ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida statistik tahlil, komparativ (xalqaro) taqqoslash, SWOT tahlili va kontent tahlili kabi metodlar qo‘llanib, ziyorat turizmi infratuzilmasi rivojining hozirgi tendensiyalari va investitsion salohiyat baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xususiy sektor ishtiroki sohani modernizatsiya qilishda, xizmatlar sifatini oshirishda va turistlar oqimini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib bormoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining kengayishi, raqamlashtirish, klaster yondashuvi va xalqaro hamkorlikning kuchayishi ziyorat turizmining istiqbolli rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini axborotlashtirish jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro tajribalar Janubiy Koreya, Singapur, Estoniya, Ispaniya va Turkiya misolida smart-turizm, e-visa, onlayn bronlash, raqamli marketing va elektron to‘lovlar kabi raqamli yechimlarning turizm rivojiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi raqamli infratuzilmasi, elektron xizmatlar qamrovi, turistlar oqimi va turizm eksporti bo‘yicha o‘sish dinamikasi baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish turizmning samaradorligi, xizmat sifati, bandlik darajasi va iqtisodiy faolligini sezilarli darajada oshirmoqda. Maqola yakunida turizmni yanada raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqola Buxoro viloyatidagi ziyoratgohlarni raqamli texnologiyalar yordamida rivojlantirishning istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Buxoro viloyatining turistik salohiyatini oshirish, madaniy merosni saqlash va turistlarga xizmat ko‘rsatishning sifatini yaxshilash uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish muhimdir. Maqolada ziyoratgohlarni raqamlashtirish, mobil ilovalar, virtual ekskursiyalar va raqamli marketingni qo‘llashning ijobiy natijalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada bu jarayonning imkoniyatlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida ham fikr yuritiladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shuningdek, ichki turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy sabablarni aniqlash maqsadida (2024 yil dekabr-mart oylarida) sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sayyohlar (ekskursionistlar) o‘rtasida eng kam ommalashgani aniqlandi. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalari, mavjud sharoit va istiqboldagi rejalar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada statistik ma’lumotlarni guruhlash va taqqoslash yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridagi turizm infratuzilmasi holati yoritilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili amalga oshirilib, so‘nggi yillardagi yillik statistik ma’lumotlarni eng kichik kvadratlar usuli asosida regression tenglamalar tuizilib turli testlarga tekshirishldi.
Mazkur maqolada agroturizm boʻyicha mamlakat salohiyati, turistlar hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining agroturizmga qiziqishlari oʻrganilgan. Ma’lumotlar turizm sohasidagi asosiy statistik koʻrsatkichlar hamda Samarqand viloyati 12 ta tumanining tog‘li, choʻlli va sug‘oriladigan hududlaridagi 153 ta qishloq xoʻjaligi korxonalaridan, shuningdek, 210 nafar mahalliy va xorijiy turistlardan olingan soʻrovnomalar asosida tahlil qilingan
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlariga ko‘ra, har bir tumanda 2 ta faoliyat turi aniq “o‘sish nuqtalari” etib belgilandi. Shu tariqa, Ellikqal’a viloyatida turizm va issiqxona xo‘jaliklari yetakchi tarmoqlar sifatida belgilandi. Bu bejiz emas. Zero, hududdagi tarixiy maskanlar – qal’alar Ellikqal’aning asosiy sayyohlik maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Ulardan 21 ta qasr meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, bugungi kunda xalqaro sayyohlik yoʻnalishiga kiritishga munosib sanaladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli sayyohlar oqimi sezilarli darajada kamaygan 2020-yilda hududga ichki turizm yoʻnalishida, Norinjon bobo, Kechirmas ota ziratgohi va Shifo maskani, arxeologik yodgorliklar va boshqa yoʻnalishlarda 40 mingdan ortiq ziyoratchi va sayohatchilar tashrif buyurdi. turistik joylar.
Ushbu maqolada mamlakatimizda so‘ngi yillarda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish ahamiyati hamda uning turistlar sonini oshirishdagi roli o‘rganilgan. Shuningdek, budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan targ‘ibot ishlarini tashkil etish mexanizmlari tadbiq etilgan