Maqolada ichki turizmni rivojlantirishda tabiiy resurslar salohiyati tushunchasiga toʻxtalib oʻtilgan hamda uning iqtisodiy tizimini rivojlantirishdagi oʻrni yoritilgan.
Turistik qishloqlar madaniy, ekologik va agroturizm elementlarini o‘zida mujassam etgan hududiy rivojlanishning o‘ziga xos shaklidir. Tadqiqotning maqsadi turistik qishloqlar shakllanishining nazariy asoslarini, tuzilishini, jahon tajribasini o‘rganish va ularning O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollarini baholash uchun ekonometrik tahlilni amalga oshirishdan iborat. 2015–2023 yillar uchun foydalanilgan maʼlumotlar Stat.uz tomonidan taqdim etilgan.
Turizm jahon iqtisodiyotida eng muhim sohalardan biri boʻlib, mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishi va rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi turizmning rivojlanishi investitsiyalar hajmi, infratuzilma va xizmatlar sohasini yaxshilaydi. Mehmondoʻstlik sanoati yildan yilga dunyo iqtisodiyotiga muhim hissa qoʻshib, ish oʻrinlarini taʼminlaydi. Shu sababli koʻplab davlatlar turizmni rivojlantirish uchun katta saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ushbu sohani yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuning uchun turizmni boshqarish tendensiyalarini oʻrganish va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash muhimdir. Ushbu maqolada jahon iqtisodiyotida turistik resurslarni boshqarish tendensiyalari, shuningdek, ularni Oʻzbekistonda amalga oshirish usullari oʻrganilgan
Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasida gastronomik turizmning rivojlanishi, uning imkoniyatlari, bugungi kunda turizm sohasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qoraqalpoq gastronomik turizm resurslari, qolaversa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun gastronomik turlarini ishlab chiqish, turistik dasturlarni yaratish tahlili olib borilgan. Bunda asosiy eʼtibor qoraqalpoq gastronomik turizm resurslariga tegishli milliy taomlarni targʻib qilish, uni turizm dasturlariga kiritish, turistlarni jalb qilish kabilar keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari, qoraqalpoq gastronomik turizmining rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar hamda baʼzi tavsiyalar mushohada qilingan. Shuningdek, muallif tomonidan izlanishlar asosida “Qalʼalar saltanati – Qoroqalpogʻiston”mavzusidagi 4 kecha 5 kunlik tur va uning hisob-kitobi tuzib chiqilgan.
Ushbu maqolada mehmondo‘stlik sanoatidagi innovatsion texnologiyalar va ularning turizmni rivojlantirishdagi roli baholangan. Tadqiqot jarayonida xalqaro tajriba tahlil etilgan va innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizda tadbiq etish hamda istiqbolli yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, turizmdagi innovatsion texnologiyalar yordamuda turistik tashkilotlarning xizmatlar sifatini oshirish va turistlarni jalb qilis strategiyalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.