Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini mustahkamlash, yuqori byudjetdan quyi byudjetlarga ajratiladigan transfertlar hajmi va ularni boshqarish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlari dinamikasi o‘rganilib, daromadlarni oshirish hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, mahalliy byudjet daromad va xarajatlari o‘rtasida nomutanosiblik yuzaga kelgan holatlarda byudjet barqarorligini ta’minlash, xususan, tarnsfertlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasida ham hududlar iqtisodiyotini yaqin istiqbolda 1,6 baravar oshirish vazifasining belgilab berilishi hududlarni rivojlantirish imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash yo‘llari tahlil qilingan.
Ушбу мақолада пенсия таъминоти тизими билан боғлиқ муаммолар ва уларнинг келиб чиқиш сабаблари очиб берилган. Хусусан, демографик омиллар билан боғлиқ муаммолар, бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг молиявий барқарорлигини таъминлаш билан боғлиқ муаммолар, муносиб пенсия миқдорларига эришиш билан боғлиқ муаммолар ва пенсия таъминотининг қамрови билан боғлиқ муаммоларнинг келиб чиқиш сабаблари тадқиқ қилинган. Тадқиқот натижалари асосида миллий пенсия таъминоти тизимини ривожлантиришга қаратилган илмий таклиф ва амалий тавсиялар ишлаб чиқилган.