Mazkur ilmiy maqolada turizm turlarini transformatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlari xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda 2020-2025 yillar davomida pandemiyadan keyingi tiklanish bosqichida turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar, strategik yondashuvlar va institutsional mexanizmlar o‘rganilgan. Xususan, turizmni raqamli transformatsiya qilish, mahsulot va bozor diversifikatsiyasi, mavsumiylikni yumshatish, barqaror va “yashil” turizmni joriy etish hamda turistik xizmatlar qiymatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil etilgan. Tadqiqotda turizmni transformatsiyalash va diversifikatsiyalashning asosiy omillari sifatida davlat siyosati va strategik rejalashtirish, infratuzilmaviy investitsiyalar, raqamli texnologiyalar, madaniy va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, hamda barqaror rivojlanish tamoyillari belgilangan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida milliy turizm siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Мақолада туризм бозорини диверсификация қилишнинг турли хилдаги моделлари ва стратегиялари ўрганиб чиқилган. Жумладан, географик диверсифиация, бозор сегментацияси, маҳсулотни диверсификация қилиш, инфратузилмани ривожлантириш, технологик инновация, барқарор туризм, туризм бўйича ҳамкорлик масалалари, мавсумийлик ва йил давомида диверсификация, маркетинг стратегиялари, туристик пакетлар ва тармоқлар, гастрономик туризм билан ҳунармандчилик туризми диверсификацияси каби туризм бозори диверсификацияси моделларининг мазмун, моҳияти ва аҳамияти ёритиб ўтилган.
Ushbu maqolaning maqsadi: statistika ma'lumotlarini tahlil qilish asosida O`zbekiston Respublikasida gastronomik turizmni rivojlantirish salohiyatini aniqlash. Tadqiqot usullari statistik ma'lumotlarni tahlil qilish, SWOT tahlilini o'z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari. O'zbekiston noyob oshxona, tarixiy va madaniy meros hamda qulay iqlim tufayli gastronomik turizmni rivojlantirish uchun boy salohiyatga ega. O'zbekistonda gastronomik turizm rivojlanish bosqichida, ammo ijobiy o'sish dinamikasini namoyish etmoqda. O'zbekistonning yalpi ichki mahsulotida gastronomik turizmdan tushgan daromadning ulushi taxminan 2% ni tashkil etadi. Gastronomik turizmni rivojlantirishga to'sqinlik qiladigan muammolarga infratuzilmaning etishmasligi, malakali kadrlar etishmasligi, chet ellik sayyohlar uchun cheklangan ma'lumotlar kiradi. Gastronomik turizm davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanib, vakolatli boshqarilsa, O'zbekiston turizm sohasining yetakchi yo'nalishlaridan biri bo'lishi mumkinligi aniqlandi. Gastronomik turizmni rivojlantirish uchun turizm infratuzilmasini rivojlantirish; kadrlar malakasini oshirish; O'zbekistonning gastronomik salohiyatini xalqaro bozorda faol targ'ib qilish; yangi gastronomik yo'nalishlarni ishlab chiqish; an'anaviy retseptlar va pishirish texnologiyalarini saqlash va ommalashtirish.
Ushbu maqolada ta’lim turizmining holati, mamlakatimizni ta’lim turizmi bozoridagi o‘rni va ahamiyati, bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy izlanishlari va qarashlarining qiyosiy tahlili, xalqaro darajada integratsiyalash yo‘nalishlari, ta’lim turizmini rivojlantirishning ijobiy jihatlari, xorijiy va mahalliy fuqarolarning ta’lim olish uchun tashrifini statistik tahlili amalga oshirilgan.
Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida turistik-rekreatsiya ob’ektlaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga asos yaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarida turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishda marketing yondashuvining o‘rni tahlil qilingan.
Turizm jahon iqtisodiyotida eng muhim sohalardan biri boʻlib, mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishi va rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi turizmning rivojlanishi investitsiyalar hajmi, infratuzilma va xizmatlar sohasini yaxshilaydi. Mehmondoʻstlik sanoati yildan yilga dunyo iqtisodiyotiga muhim hissa qoʻshib, ish oʻrinlarini taʼminlaydi. Shu sababli koʻplab davlatlar turizmni rivojlantirish uchun katta saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ushbu sohani yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuning uchun turizmni boshqarish tendensiyalarini oʻrganish va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash muhimdir. Ushbu maqolada jahon iqtisodiyotida turistik resurslarni boshqarish tendensiyalari, shuningdek, ularni Oʻzbekistonda amalga oshirish usullari oʻrganilgan