Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar tushunchasining umumiy nazariy talqinlari hamda ularning turizm sohasidagi xususiy mazmuni kompleks ilmiy yondashuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida raqamli texnologiya tushunchasining klassik va zamonaviy ta’riflari tizimlashtirilib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, turizmda raqamli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ilmiy konsepsiyalar va UNWTO yondashuvlari o‘rganilib, ushbu tushunchaning sohaga xos jihatlari asoslab berilgan. Maqolada muallif tomonidan turizm sohasida raqamli texnologiyalarga oid yangi, integrallashgan ta’rif taklif etilib, uning ilmiy yangiligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari turizm iqtisodiyoti nazariyasini rivojlantirish va PhD darajasidagi ilmiy izlanishlar uchun konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.
Innovatsiyalar uzoq muddatda raqobatbardosh bo‘lish va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy omil bo‘la oladi. Innovatsiyalarni boshqarish siyosati rivojlangan, rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda o‘ziga xos tarzda amalga oshirilishi mumkin. Turli geografik hududlarda, ayniqsa farmatsevtika sanoatining innovatsion sektorlarida hali qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Maqolaning asosiy maqsadi Shvetsariya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida innovatsiyalarni boshqarish jarayonini qanday amalga oshirilayotganini aniqlashdir. Mazkur ilmiy maqolada muallif tomonidan shakllantirilgan statistik ko‘rsatkichlarning tahlili o‘z ifodasini topgan.