Maqolada jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida rivojlangan iqtisodiyotlarda ta’minot zanjirlarini boshqarishning zamonaviy modellari va instrumentlari tadqiq etilgan. Global ta’minot zanjirlarining transformatsiyasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, Jumladan, ularning murakkablashuvi, noaniqlik darajasining oshishi hamda geosiyosiy jarayonlarning ta’siri ko‘rib chiqilgan. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ta’minot zanjirlarini boshqarish amaliyotlari qiyosiy tahlil qilingan, shuningdek logistika tizimlarining raqamli transformatsiyasi xususiyatlari aniqlangan. SCOR, Lean, Agile va Resilient kabi zamonaviy boshqaruv modellari qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular ta’minot zanjirlarining samaradorligi, moslashuvchanligi va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini umumlashtirish asosida global logistika tizimlarining asosiy rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari belgilangan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda savdo oqimlari kengayib, ta’minot-logistika zanjirlari murakkablashayotgan sharoitda bojxona xizmatlarining iqtisodiy ahamiyati hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi roli tahlil qilinadi. Dolzarblik rasmiylashtirish tezligi, shaffoflik va xavfsizlik talablari kuchayishi, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda raqamli yechimlarni keng joriy etish ehtiyoji bilan izohlanadi. Ushbu yo’nalishdagi ilmiy adabiyotlar sharhi, normativ-huquqiy hujjatlar tahlili va rasmiy statistika asosidagi deskriptiv-dinamik qiyoslashdan iborat. Natijalar import-eksport tarkibida jamlanish va xatarlarning ortishini ko‘rsatib, riskka asoslangan nazorat, avtomatlashtirish va “inson omili” ni kamaytirish bo‘yicha yo‘nalishlarni asoslaydi. Muallif bojxona organini strategik savdo infratuzilmasi sifatida talqin etib, amaliy tavsiyalar beradi. Tadqiqotchining ilmiy hissasi sifatida bojxona xizmatining tashqi savdoni soddalashtirishdagi mexanizmlari tizimlashtirilib, ko‘rsatkichlari va amaliy islohot yo‘nalishlari takomillashtirish yo’nalishlarini taklif etgan.