Maqolada ko‘p funksiyali turar-joy majmualarini loyihalashning zamonaviy tendensiyalari ko‘rib chiqiladi, bu esa shahar muhiti talablari va ijtimoiy ehtiyojlardagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Ko‘p funksiyali turar-joy majmualar evolyutsiyasining qadimgi sivilizatsiyalardan boshlab zamonaviy barqaror rivojlanish konsepsiyalarigacha bo‘lgan tarixiy bosqichlari tahlil qilingan. Makonlarning moslashuvchanligi, ekologik barqarorlik, yuqori texnologiyalar integratsiyasi, shuningdek, ijtimoiy integratsiya kabi asosiy jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada, shuningdek, polisentriklik, avtonomlik, chegaralarni tartibga solish, hovli maydonlarini jadallashtirish, ochiqlik va shaffoflik tushunchasi kabi qo‘shimcha tendensiyalar ham ta’kidlangan.Zamonaviy ko‘p funksiyali turar joy majmualar o‘zgarishlarga moslasha oladigan va aholining ehtiyojlarini qondira oladigan barqaror qulay shahar muhitini yaratishga intiladi, degan xulosaga kelindi.
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqaruvi tizimidagi asosiy muammolar va ularni hal qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning amaliy ahamiyati, ekologik barqarorlikni saqlashda va energiya samaradorligini oshirishda o‘zining muhim roli haqida keng qamrovli ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, xalqaro tajribalardan foydalanish va innovatsion boshqaruv yondashuvlarini amaliyotga tatbiq qilish va uy-joy kommunal xo‘jaligini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Xulosa qismida yashil iqtisodiyot sharoitida innovatsion rivojlanishning samarali yo‘llari tavsiya qilinadi. Shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jaligida qo‘llanishi natijasida jamiyatga va ekologiyaga ko‘rsatadigan ijobiy ta'siri baholanadi.
Maqolada barqaror tabiiy kapitalni makro darajada jamg‘arish yoki makroiqtisodiy usullar, avvalo, davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimida qonunlar, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.