Qisqa muddatli sukuk bu so’ndirilish muddati bir yil ichida amalga oshiriladigan islom qimmatli qog’ozi hisoblanadi. Mazkur maqolada islom qimmatli qog'ozlari (sukuk)ning qisqa muddatli turi, qisqa muddatli sukuk emissiyasining yillar kesimidagi tahlili, o’sish va kamayish tendensiyalarining sabablari kabi bir qator masalalarga bag'ishlangan holda statistik tahlil qilingan. Statistik tahlilda xalqaro islom moliya bozori (IIFM)ning sukuk to’g’risidagi yillik hisobotlaridan foydalanilgan. Tahlillar jamlanib, maqola so'nggida bir necha qo'shimcha fikrlar berilgan.
Maqolada xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishda sukuklarni emissiya qilishning maqsadi, nazariy asoslari va ahamiyati yoritilgan. Sukuklarning anʼanaviy obligatsiyalardan farqli xususiyatlari, sukuk emissiya qiluvchi mamlakatlar sonining oʻzgarish dinamikasi va ularning mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi, sukuk sertifikatlarni muomalaga chiqarish bosqichlari hamda global qisqa muddatli sukuklar emissiyasi umumiy hajmi tahlil qilingan. Oʻzbekistonda sukuklarni joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Maqolada islomiy qimmatli qog‘oz hisoblangan sukuklar tahlili olib borilgan. Sukuk emissiyasi va muomalasi borasida xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan. Mamlakatlar va yillar kesimida berilgan statistik ma’lumotlar bo‘yicha muallif tomonidan o‘z munosabati va fikrlari izohlangan. Tadqiqot natijasi bo‘yicha mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim hisoblangan xulosalar keltirilgan. Maqola sukuk instrumentidan foydalanish samaralariga urg‘u berilgan.
Yashil sukuk buekologik muommolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun emissiya qilinuvchi islom qimmatli qog‘ozlaridir. Mazkur maqolada yashil sukuklar emissiyasida yetakchilardan biri hisoblanadigan Malayziyadagi joriy holat, uning kelgusi yillar uchun istiqbolli loyihalari hamda investorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda ham ushbu sektor doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tilgan.
Islom moliya tizimida uning ajralmas bir qismi bo'lmish sukuk moliyalashtirish manbai aktivlarga asoslanganligi sababli an’anaviy qimmatli qog‘ozlar bozori qatorida o'zining raqobatbardoshligini koʻrsatib kelmoqda. Mazkur maqolada islom qimmatli qog'ozlari (sukuk)ning tarixi, rivojlanish tendensiyalari, davlatlar miqyosida uni chiqarish bo'yicha yo'l-yo'riqlar kabi bir qator masalalarga bag'ishlangan tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari ko'rib chiqilgan. Tahlillar jamlanib, maqola so'nggida bir necha qo'shimcha takliflar berilgan.
Ushbu maqola islomiy qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston moliya bozoriga joriy etish imkoniyatlari va muammolari o‘rganildi. Shariat tamoyillariga mos keladigan islomiy qimmatli qog‘ozlar an’anaviy moliyaviy vositalarga muqobil bo‘lib, turli jahon bozorlarida muvaffaqiyatli joriy etilgan. Ushbu tadqiqot mamlakatning o‘ziga xos iqtisodiy, madaniy va tartibga solish muhitini hisobga olgan holda O‘zbekistonda bunday amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot ishida mavjud me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish va moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish muhimligini ta’kidlanadi. Mavjud muammolarni hal qilish orqali O‘zbekiston islomiy qimmatli qog‘ozlarni joriy etishdan foyda ko‘rishi mumkin, bu esa yanada inklyuziv va diversifikatsiyalangan moliya bozoriga olib keladi
Ushbu maqolada islomiy qimmatli qogʻoz hisoblangan sukuk haqida maʼlumot berilgan boʻlib uni qay tartibda kimlar emissiya qilishi, moliya bozorlariga chiqarilishi va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan ahamiyati bayon qilingan turli xil ilmiy ishlar oʻrganib chiqilgan hamda tahlil qilingan. Ilmiy ishlarni oʻrganish va tahlil qilish jarayonida xalqaro tajribalar oʻrganilib, sukuklarni moliya bozoriga joriy qilishning xalqaro tajribalari keltirib oʻtilgan. Bunda ScienceDirect, Google Scholar va boshqa ilmiy bazalardan mavzuga doir xorij va yurtimiz olimlari tomonidan yozilgan 50 ta maqola ajratib olingan va oʻrganilgan hamda ulardan 20 tasi mazkur ilmiy ishimizda oʻz aksini topgan.
Ушбу мақолада ислом молия бозорини тадқиқ қилиш орқали мамлакатимизга исломий инвестиция ҳажмини ошириш масалалари келтирилган. Бунда ислом молия бозори ва унинг сегментлари таҳлил қилиш орқали мамлакатимиз иқтисодиёти учун фойдали назарий хулосалар берилган.