Mazkur ishda tijorat banklarining barqarorligini ta’minlovchi aktivlar tarkibi va ularga ta’sir qiluvchi omillar ekonometriya usullari yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda banklarning aktiv sifati, likvidlik ko‘rsatkichlari, kredit portfeli tuzilishi hamda tashqi iqtisodiy omillar kabi omillarni o‘rganish asosiy maqsad qilib olingan. Ekonometriya usullari orqali olingan natijalar tijorat banklari barqarorligini oshirishda muhim qarorlarni qabul qilishda yordam beradi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, u bank faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni shakllantirishda metodik asos vazifasini bajaradi.
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati misolida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish dinamikasi iqtisodiy-statistik usullar yordamida tahlil qilinib prognozlashtirilgan. Shuningdek, mintaqalarda meva-sabzavotchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotda raqamli marketing usullari tijorat banklarining iqtisodiy ko'rsatkichlariga, ayniqsa bank sektorining o'zgaruvchan muhitida qanday ta'sir ko'rsatishi batafsil ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistondagi ATIB Ipoteka bankining 18 yillik moliyaviy maʼlumotlaridan foydalangan holda raqamli marketing xarajatlarining koʻpayishi, xodimlarni rivojlantirishga investitsiyalarning ortishi va uning banklar daromadiga taʼsiri oʻrtasidagi bogʻliqligi o’rganildi. Tadqiqotda bank sohasida marketing strategiyalar ta'sirini bashorat qilish va baholash uchun VAR (Vector Autoregressive) va ARDL (Autoregressive Distributed Lag) modellari ishlab chiqildi. Natijalar raqamli marketing harajatlarining ortishi, bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sishi va tijorat banklarining moliyaviy muvaffaqiyatlari o'rtasidagi kuchli bog'liqligi ochib berildi. Ushbu tadqiqot raqamli marketing samaradorligi bo'yicha kengroq munozaraga hissa qo'shadi va moliyaviy institutlar uchun marketing strategiyasi va inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali iqtisodiy samaradorligini optimallashtirishga qaratilgan qimmatli tushunchalarni taqdim etadi.
Mazkur tadqiqotda kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatining hududiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri statistik-ekonometrik usullar yordamida tahlil qilingan. Empirik hisob-kitoblar uchun Stata dasturidan foydalanilib, kichik tadbirkorlikning hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash imkoniyati yaratiladi. Ushbu yondashuv natijalari hududiy iqtisodiyotda kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ушбу мақолада кузатилмайдиган иқтисодиёт, уни баҳолаш усуллари, халқаро тавсиялар ва ёндашувлар, кузатилмайдиган иқтисодиётнинг таркибий қисмлари, норасмий иқтисодиёт, яширин иқтисодиёт, ноқонуний иқтисодиёт, уни баҳолаш бўйича мамлакатимизда амалга оширилаётган ишлар, кузатилмайдиган иқтисодиётни баҳолаш мақсадида ўтказилаётган статистик кузатувлар ёритилган ҳамда норасмий иқтисодиётнинг Ўзбекистон ялпи ички маҳсулотдаги улуши таҳлил қилинган.