Ushbu maqolada MHXS bo‘yicha qayta ijaraga olish uchun asosiy vositalarni sotish hisobi tartibi ko‘rsatilgan. Ushbu mavzuni muammosi shundan iboratki, sotib va qayta ijaraga olish masalasi O‘zbekiston amaliyotida hozir qo‘llanilmaydi va bizning amaliyotimizda yangi hisoblanadi. Mualliflar maqolada bu masalani misollar va buxgalterlik yozuvlar bilan batafsil ko‘rsatib chiqqanlar. Keltirilgan jadvallar mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan. Moliyaviy holat va foyda va zararlar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlar qisgartirilgan shaklda xalqaro amaliyotida qo‘llaniladigan shakllardan olingan. Masalani ochib berish uchun buxgalteriya hisobining ikki yoqlama usulidan foydalanilgan. Mualliflarning ilmiy va amaliy hissasi shundan iboratki muammoni o‘zbek sharoitiga moslashtirildi, jadval va hisobot shakllarida buxgalterlarga tanishtirdi.
Ushbu maqolada respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlarini iqtisodiy koʻrsatkichlarini shaffofligini taʼminlash va ularning ikkilamchi bozordagi aksiyalari qiymatini oʻzgarishini ochiq joylashtirish masalalari yoritib beriladi. Ushbu maqolada fond bozorida aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar qiymatining oʻzgarishini va ularga taʼsir qiluvchi omillar asosida Bernulli tasodifiy harakat metodi orqali qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish koʻrib chiqiladi.
Ijtimoiy va axloqiy marketing konseptsiyasining asosiy yondashuvi maqsadli bozorlarning ehtiyojlari, istaklari va manfaatlarini aniqlash, isteʼmolchi va butun jamiyat farovonligini saqlab qolish hamda oshirishga qaratilgan samarali usullar bilan kerakli darajada qoniqishni taʼminlashdir. Ijtimoiy va axloqiy marketing konseptsiyasini amalga oshirish uchta omilning muvozanatini talab qiladi: ishlab chiqaruvchi tashkilotning foydasi (sanoat, davlat), sotib olish ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Shuningdek, axloqiy marketing beshta asosiy tamoyili mavjud. Axloqiy marketing boʻyicha keltirib oʻtilgan asosiy prinsiplarga moslik holatini barcha korxonalar amaliyotida foydalanish holatini tahlil qilish uchun baholash metrikalarini tuzish talab etiladi.
Turmush darajasini baholash uchun quyidagi ko'rsatkichlar tizimi qo'llaniladi: ishchilarning o'rtacha ish haqi; o'rtacha ish haqi va pensiya asosida aholining sotib olish qobiliyati; aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari uchun minimal iste'mol byudjeti; yashash minimumi, iste'mol savati va aholining turli ijtimoiy-demografik guruhlarining iste'mol xarajatlari tarkibi. Daromad darajasi, shu jumladan aholining ish haqi oilaning ijtimoiy farovonligi bilan bog'liq. Daromad darajasiga qarab, odam ma'lum bir maqsadga erishadi: omon qolish, moddiy boylik, rivojlanish.