Mazkur maqolada soliqni optimallashtirish va soliqdan qochish tushunchalarining nazariy-huquqiy mohiyati tadqiq etilgan, ularning o‘zaro farqlari ilmiy manbalar va amaliy yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu ikki tushunchani bir-biridan ajratishga xizmat qiluvchi asosiy mezonlar va farqli jihatlar umumlashtirilib, ularning amaliyotdagi namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur mezonlarning amaliy qo‘llanilishi misollar orqali yoritilib, soliq nizolarining oldini olish hamda soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada raqamli iqtisodiyot doirasida soliqqa tortishni optimallashtirishga qaratilgan strategiya va uslublarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tez rivojlanayotgan raqamli bozor va tijorat faoliyatining yangi shakllarining paydo bo'lishi sharoitida soliqni samarali rejalashtirish davlat moliyaviy barqarorligining asosiy jihatiga aylanmoqda. Maqolada soliq qonunchiligini moslashtirish, maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzulari yoritilgan. Barqaror va prognoz qilinadigan davlat daromadlarini taʼminlashning asosiy omili boʻlgan raqamli tranzaksiyalar va xizmatlar boʻyicha soliqlarni samarali undirish mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratilgan.