O‘zbekistondagi soliq tizimi so‘nggi yillardagi islohotlar natijasida o‘zgarib borayotgan bo‘lib, ushbu jarayonda soliq qonunchiligi murakkabligi, raqamlashtirish jarayonining to‘liq yakunlanmagani va soliq to‘lovchilar iqtisodiy barqarorligiga ta’sir etuvchi moliyaviy xatarlar yuzaga kelmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida soliq risklarini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari o‘rganilgan. Maqolada soliq risklarini boshqarish uchun taklif qilingan usullar – qonunchilikni soddalashtirish, raqamlashtirish va soliq nazoratini kuchaytirish kabi chora-tadbirlar bayon etilgan. Shu bilan birga, soliq tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan konkret takliflar keltirilgan. Maqola soliq tizimi samaradorligini oshirish va mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shishga qaratilgan.
Maqolada bevosita va bilvosita soliqqa tortishning tarixiy shakllanishi jarayonlari, mustaqillikning oʻtgan davrida soliq tizimini optimal tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan bevosita va bilvosita soliqqa tortish islohotlari va samarali natijalar haqidagi tadqiqot yakunlari umumlashtirib berilgan. Tadqiqotda bevosita va bilvosita soliqqa tortish jarayonlari, soliq toʻlovchilar tarkibi, soliq solish obʻekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqlarni hisoblash va budjetga toʻlash mexanizmlarini optimallashtirish masalalari yoritilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonning qo‘shilgan qiymat solig‘ining fiskal samaradorligi “QQS daromadlar nisbati (VRR)” ko‘rsatkichi asosida OECD metodologiyasi bo‘yicha baholanadi. Tadqiqotda 2019–2024-yillar davomida amalga oshirilgan soliq islohotlari, jumladan QQS stavkasining pasaytirilishi, elektron hisob-faktura tizimining joriy etilishi va soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish choralari tahlil qilinadi. Natijalar mazkur davrda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va QQS tushumlari o‘sishiga qaramay, VRR darajasi deyarli o‘zgarmagani, norasmiy iqtisodiyot ulushi, naqd pul asosidagi operatsiyalar va soliq imtiyozlari QQS yig‘imdorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillar ekanini tasdiqlaydi
Maqolada aksiz toʻlanadigan soliqlar aksiz toʻlanadigan mahsulotlar narxiga kiritiladi va shu tariqa yakuniy isteʼmolchilarga oʻtkaziladi. Shu bilan birga, aksiz soligʻi miqdori soliqqa tortiladigan tovarlar narxlari darajasini sezilarli darajada belgilaydi, shuningdek, isteʼmol talabiga taʼsir qiladi. Aksiz soligʻi davlat daromadlarini shakllantirishda va muayyan tovar va xizmatlar isteʼmolini tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqolada aksiz soligʻi maʼmuriyatchiligi boʻyicha mavjud adabiyotlar koʻrib chiqiladi, ilgʻor xalqaro tajribalardan xulosalar olinadi. Unda nazorat mexanizmlarini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan, asosiy eʼtibor soliq organlarida siyosat islohotlari, texnologik integratsiya va salohiyatni oshirishga qaratilgan.