Ushbu maqolada O‘zbekistonning qo‘shilgan qiymat solig‘ining fiskal samaradorligi “QQS daromadlar nisbati (VRR)” ko‘rsatkichi asosida OECD metodologiyasi bo‘yicha baholanadi. Tadqiqotda 2019–2024-yillar davomida amalga oshirilgan soliq islohotlari, jumladan QQS stavkasining pasaytirilishi, elektron hisob-faktura tizimining joriy etilishi va soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish choralari tahlil qilinadi. Natijalar mazkur davrda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va QQS tushumlari o‘sishiga qaramay, VRR darajasi deyarli o‘zgarmagani, norasmiy iqtisodiyot ulushi, naqd pul asosidagi operatsiyalar va soliq imtiyozlari QQS yig‘imdorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillar ekanini tasdiqlaydi
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida kripto-aktivlar bozorining soliq ma’muriyatchiligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot virtual soliq aktivlari, soliqlardan daromadlarni yashirish hamda transchegaraviy nazorat qilishdagi murakkabliklar yoritilgan. O‘zbekistonda 2018-2025 yillarda kripto-aktivlar sohasini huquqiy tartibga solish qoidalari, litsenziyalash tizimi, “Regulatory Sandbox” mexanizmi va kripto-faoliyat uchun yuridik kuchga ega bo‘lgan mexanizmlar tahlil qilingan. Iqtisodni soliqqa tortish, kripto-bozor ustidan samarali nazoratni kuchaytirish hamda soliq tushumlarini tejash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.