Мақолада иқтисодий хавфсизликнинг турли даражаларини баҳолашни акс эттирувчи иқтисодий хавфсизлик кўрсаткичлари матрицаси хамда иқтисодий хавфсизликнинг институционал тизимини тадқиқ этишга турли услубий ёндашувлар ишлаб чиқилган.
Maqolada dunyo mamlakatlari ijtimoiy himoya tizimininig asosiy tamoyillari, xalqaro standartlari, ilg‘or tajribalar, muammolar va takomillashtirish imkoniyatlariga e’tibor qaratilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning xalqaro standartlari tahlili keltirilgan. Inson huquqlari tamoyillariga, jumladan, ijtimoiy taʼminotga boʻlgan huquq va munosib turmush darajasiga ega boʻlish huquqiga tayangan holda, tadqiqot mamlakatlar boʻylab moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan yondashuvlarning xilma-xilligini oʻrganadi, ijtimoiy himoya dasturlari, moliyalashtirish, muvofiqlashtirish, maqsadlilik va muvofiqlik mezonlari bilan boo‘liq muammolarni muhokama qiladi va aholining zaif qatlamlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganilgan.
Мазкур мақолада ижтимоий ҳимоя тизимини яхшилашда бюджте маблағларидан самарали фойдаланиш масалалари тадқиқ этилган. Жумладан, маҳаллий ва хорижий олимларнинг бу борадаги илмий ишлари ўрганиб чиқилган. Давлат бюджети маблағлари ижроси таҳлил қилинган ва бюджет тизимида ижтимоий соҳа харажатларининг натижавийлигини таъминлашда натижага йўналтирилган бюджетлаштиришни қўллаш йўллари кўриб чиқилган. Хулоса ва таклифлар шакллантирилган.
Maqolada raqamli platformalardan foydalanishda yuzaga keladigan xatarlar va ularning iqtisodiyot, xavfsizlik hamda ijtimoiy hayotga ta’siri yoritilgan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qanday farq qilishi, uning statistik jihatdan baholanishidagi muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli platformalarda yuzaga keladigan xavflar – ijtimoiy muhit xatarlaridan tortib, moliyaviy firibgarliklar, kiberjinoyatlar, psixologik salbiy ta’sirlar va algoritmik manipulyatsiyalargacha batafsil ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston sharoitida elektron tijoratni rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar, mavjud to‘siqlar va xalqaro tajriba asosida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Internetdagi keng tarqalgan firibgarlik turlari va ularning real hayotdagi misollari orqali foydalanuvchilarni ogohlikka chaqirish asosiy e’tiborda turadi.
Мақолада республика иқтисодий хавфсизлиги таъминлаш кесимида иқтисодий кўрсаткичлар таҳлил қилинган. Бандликни таъминлаш масаласини тадбиркорлик субъектлари орқали ҳал этилиши бир томондан иқтисодий ўсишни таъминласа, бошқа томондан аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиниши учун етарли ресурсларни жамғариш имконини яратиши натижасида камбағалликни қисқартиришга эришиши илмий тадқиқ қилиди.
Mazkur maqolаda Respublikadagi aholi uy-joylarida yong`in risklarining ekspertizasini amalga oshirish, xavfsizlik uskunalarini o‘z hisobidan o‘rnatish, xavfsiz eshiklar xaridi imkoniyatlari hamda favquloddagi vaziyatlarda qarorlar qabul qilish natijasida yong`in risklarini boshqarish amaliyoti o`rganilgan. Unda respublikaning 3002 ta tasodifiy tanlab olingan aholi turar joylari ob’yekt qilib olingan. Tadqiqot statistik ma`lumotlari Goolge form onlayn tarzda ijtimoiy so`rovnoma savollarini asos qilib olingan. Adabiyotlar sharhida mavzuga oid xorijiy olimlar qarashlari tadqiq etilgan. Ekonometrik modellashtirish jarayonida Ologit modeli Stata 18.0 dasturidan foydalanilgan. Tahlillar so‘nggida regressiya modeli sifatini tekshirishda linktestdan foydalanilgan. Turar joylarida yong‘in risklarini boshqarishda o‘z hisobidan uskunalar xaridi va xavfsiz eshiklar xaridi statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lib topilgan
Сўнгги ўн йилликда бизнес юритиш усуллари тубдан ўзгарди. Ушбу кескин ўзгаришнинг асосий сабаби янги технологияларнинг пайдо бўлиши ва уларнинг интернет хизматлари билан уйғунлашувидир. Ушбу тадқиқот компаниялар томонидан рақамли технологияларнинг ҳозирги кунда қандай қўлланилаётганини ўрганади. Хусусан, рақамли трансформация маркетингнинг асосий иштирокида амалга ошириладиган анъанавий қиймат яратиш жараёнларини қандай ўзгартириши таҳлил қилинади. Мақолада рақамли трансформациянинг анъанавий маркетингга, жумладан, унинг роли, тузилмаси ва воситаларига таъсири ўрганилади ҳамда, корхоналарда электрон тижорат тизимини жорий этиш технологияларини ўрганиб, ушбу жараёнда қўлланилаётган технологияларга эътибор қаратади. Дунёнинг энг йирик электрон тижорат компанияларининг йиллик даромадлари бўйича солиштирма таҳлил уларнинг иқтисодий таъсирини очиб беради, шунингдек, ушбу компанияларнинг технологик ютуқлари уларнинг муваффақиятга эришишига олиб келган инновацион амалиётларни кўрсатади. Тадқиқотда рақамли технологияларнинг электрон тижоратдаги муҳим ўрни ҳам кенг стратегик нуқтаи назардан ўрганилади. Бундан ташқари, Ўзбекистондаги йирик электрон тижорат фаолияти билан шуғулланувчи компаниялар бўйича маълумотлар тақдим этилиб, минтақадаги электрон тижорат технологияларининг ривожланиши ва қўлланилиши тақдим этилди. Ушбу натижалар глобал ва минтақавий электрон тижорат тенденцияларини, шунингдек, ушбу тез ривожланаётган соҳани шакллантирувчи технологик омилларни чуқурроқ англашга ёрдам беради.
Ushbu maqolada barqaror rivojlanishda tabiiy omillarning ortib borayotgan ahamiyati ko'rib chiqiladi, tarixiy ekspluatatsion ekologik amaliyotlarning salbiy oqibatlariga e'tibor qaratiladi. Ushbu amaliyotlar global barqarorlikka putur yetkazadigan og'ir ekologik inqirozlar sifatida namoyon bo'ladigan ulkan ekologik va ijtimoiy qarzni keltirib chiqardi. Barqaror rivojlanish sari paradigmaga oʻtish insoniyat jamiyatlari va biosfera oʻrtasidagi xavfsizlik, tenglik va uygʻunlikni mustahkamlash uchun zarurdir. Barqaror rivojlanish, garchi kontseptual jihatdan qiyin bo'lsa-da, inson tsivilizatsiyasi va birgalikda yashash uchun tabiiy muhit o'rtasidagi o'zaro ta'sirni qayta aniqlashga qaratilgan.