Maqolada paxta va to‘qimachilik klasterlari misolida O‘zbekiston Respublikasi sanoat klasterlarida iqtisodiy xavfsizlikning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati nazariy nuqtai nazardan o‘rganilib, unga baho berishning ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularning iqtisodiy barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Kuchli raqobat sharoitida sanoat korxonalari barqaror rivojlanishini ta’minlash nafaqat yuqori iqtisodiy natijalarga erishishni, balki unga erishishda mavjud resurslardan qay tarzda foydalanish orqali ekologik muammolarni yechishni ham qamrab olishi lozim. Shu boisdan, ushbu maqolada moslanuvchan boshqaruv tizimi asosida tо‘qimachilik korxonalari barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish masalasi о‘rganilgan.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati ularning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ misolida aqlli texnologiyalarni joriy etish evolyutsiyasi va ularning ishlab chiqarish jarayonlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Kombinat ishlab chiqarish operatsiyalarini optimallashtirish, samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan raqamli еchimlarni faol integratsiya qilmoqda. Ushbu innovatsiyalarning korxona ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi, shuningdek, raqamlashtirish kontekstida kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirishda soliq siyosatining o‘rni, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning investitsiya faolligiga ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek, soliq mexanizmlarining innovatsion rivojlanishga ta’siri statistik va nazariy ma’lumotlar asosida baholandi. Maqolada ikki ta jadval keltirilib, ular asosida tahliliy xulosalar chiqarilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda rangli metallurgiya sanoatida loyiha boshqaruvi mexanizmlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda loyihalarni samarali boshqarishning asosiy instrumentlari, ularning sanoat rivojiga ta’siri, hamda amaliy misollar orqali ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati misolida loyiha boshqaruvining amaldagi jihatlari va natijalari ham tahlil etilgan. Taqdim etilgan taklif va tavsiyalar rangli metallurgiya sohasidagi loyiha faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Maqoladatо‘qimachilik korxonalarida xarajatlarni kamaytirish va uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida resurslar yetkazib beruvchilar bilan samarali о‘zaro munosabatlarni tashkil etish natijalariga tayanib, strategik rejalashtirishni takomillashtirish masalasi о‘rganilgan.