Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va tashkiliy mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va samaradorligini oshirishda ilg‘or boshqaruv yondashuvlari - tejamkor ishlab chiqarish, o‘z vaqtida ishlab chiqarish va olti sigma tizimi muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarining iqtisodiy jihatlari (resurslardan foydalanish, tannarx, energiya va suv sarfi) va tashkiliy jihatlari (bo‘limlararo muvofiqlashtirish, sifat nazorati, xodimlar malakasi) o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning kompleks boshqaruvi korxonaning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, maqolada tarmoqdagi modernizatsiya jarayonlari, eksport ko‘rsatkichlari va ishchi kuchi samaradorligi ham tahlil qilindi.
Mazkur maqolada aholi daromadlari va iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni ekonometrik tahlil qilishda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfini baholash, elektr energiyasi tejamkorligini taʼminlashdagi muammolar, ularni bartaraf etish jarayonlari hamda elektr energiya resurslaridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining elektr energiya sarfini baholash bo‘yicha Iqtisodiyot tarmoq va sohalarida energiya iste’moli sarfi korrelyatsion tahlil qilindi va elastiklik koeffitsiyentlari orqali 1 foizga aholini daromadini oshishi necha foizga elektr energiya sarflanishi o‘rganildi.