Mazkur maqolada Keys-stady metodi yordamida talabalarga ekonometrik ko‘nikmalarni shakllantirish borasida tushunchalar muallif tomonidan taqdim etilgan. Ekonometrik ko‘nikmalar hususan, korrelyatsion va regression tenglamalarni tahlil etishda keys-stady metodi yordamida amalga oshirish, talabalarda ekonometrik ko‘nikmalarni paydo qilish metodi sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, ushbu maqolada muallif statistik ma’lumotlarni tanlash va ular ular orasidagi bog‘liqlikni aniqlash haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
Mazkur maqolada aholi daromadlari va iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni ekonometrik tahlil qilishda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfini baholash, elektr energiyasi tejamkorligini taʼminlashdagi muammolar, ularni bartaraf etish jarayonlari hamda elektr energiya resurslaridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining elektr energiya sarfini baholash bo‘yicha Iqtisodiyot tarmoq va sohalarida energiya iste’moli sarfi korrelyatsion tahlil qilindi va elastiklik koeffitsiyentlari orqali 1 foizga aholini daromadini oshishi necha foizga elektr energiya sarflanishi o‘rganildi.
Maqolada Buxoro viloyatida savdo sohasining 2012-2023 yillardagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi tahlil qilingan. Savdo faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning istiqboldagi dinamikasiga baho berishda ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning trend tahlilidan foydalanilib, alohida olingan ko‘rsatkichlarning tematik prognozlari asosida umumlashgan qamrovli prognoz modeli ishlab chiqilgan. Ushbu modellarga asoslangan holda sohani rivojlantirishning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan optimistik va pessimistik prognoz ssenariylarini ishlab chiqish masalalari yoritib berilgan.
Мақолада хорижий мамлакатларда чақалоқлар ўлими, 5 ёшгача бўлган болалар ўлими ва аёллар ўлими ўртасидаги мураккаб муносабатларни тушунишга интилиш учун илғор эконометрик моделлардан фойдаланган ҳолда инновацион тадқиқот олиб борилди. Дунё бўйлаб 121 та мамлакатнинг маълумотларини таҳлил қилган ҳолда, ўлимнинг ушбу муҳим кўрсаткичларига таъсир этувчи омилларнинг мураккаб ўзаро таъсирини аниқлаш учун оддий энг кичик квадратлар (OLS) ва структуравий тенгламаларни моделлаштиришнинг (SEM) регрессион усулларидан фойдаланилди. Шунингдек, оналар ва болалар саломатлиги натижаларини шакллантирувчи нозик динамикани ёритишга ҳамда ўлим даражасини пасайтиришга қаратилган ёндошувлар ишлаб чиқилди. Тадқиқотда муаллифлар ёндашувлари ва таклифлари келтирилган.