Ushbu maqolada sanoatda raqamli tranformatisiyaning qo‘llanilishi, korxonalarda raqamli transformatsiya jarayonlarini tashkil qilishdagi asosiy masalalar yoritib berilgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi statistik tahlil usullari asosida sanoatda raqamli transformatsiya jarayonlarini tashkil qilishdagi asosiy muammolar va imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Maqolani yozish jarayonida taqqoslash, tahlil qilish va sintez qilish usuli, raqamli muhitni rivojlantirish uchun korxonalarning asosiy xarajatlarini monitoring qilish uchun statistik ma'lumotlar kabi ilmiy va amaliy usullardan foydalanildi. Raqamli transformatsiyaning asosiy muammolari tahlil qilindi, raqamli transformatsiyaning bir qator muammolari va to‘siqlari o‘rganildi. Shuningdek, maqolada raqamli transformatsiya jarayonining xorijiy tajribalari, uning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, afzallik va kamchiliklari hamda yechimlari haqida fikr mulohazalar bayon qilingan.
Ushbu maqolada raqamlashtirishning institutsional rivojlanishdagi nazariy modellari hamda ularning moliya tizimidagi ahamiyati tahlil qilingan. Ilmiy manbalar va xalqaro tajribalar asosida raqamli texnologiyalar davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi munosabatlarda shaffoflikni oshirish, hisobdorlikni taʼminlash, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirishdagi oʻrni yoritilgan. Texnologiyani qabul qilish modeli, innovatsiyalar tarqalishi nazariyasi va institutsional nazariya asosida raqamli yechimlarni joriy etish jarayoni tahlil etilgan. Shu bilan birga, raqamlashtirishning milliy sharoitdagi qiyinchiliklari infratuzilmaning yetarli emasligi, kichik va oʻrta biznes uchun ragʻbatlantirish mexanizmlarining zaifligi hamda kiberxavfsizlik muammolari koʻrsatib berilgan. Muallifning xulosalariga koʻra, raqamli texnologiyalarni institutsional islohotlar va xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish Oʻzbekiston moliya tizimining barqarorligi va jamiyatda ishonchni mustahkamlashning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida viloyat tumanlarini klasterlashning biznes asoslari ko‘rib chiqilgan. Raqamlashning iqtisodiy klasterlashga ta’siri tufayli qo‘shma biznes samaradorligini oshirishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari nazariy jihatdan yoritilgan. Klasterlash doirasida amalga oshiriladigan qo‘shma biznes samaradorligini oshirish uchun barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarning dastlabki to‘plamini yaratish algoritmi bosqichlarga bo‘lib o‘rganilgan. Samarali qo‘shma biznesni qurish uchun qo‘shimcha talablar keltirib o‘tilgan
Mazkur maqolada savdo xizmatlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari tahlil qilingan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda savdo xizmatlari nafaqat iqtisodiy o‘sishning muhim omili, balki innovatsion biznes modellarini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda savdo xizmatlarining asosiy yo‘nalishlari, ularning iqtisodiy samaradorligi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda savdo xizmatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.