Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida qurilish materiallari sanoatida sifat menejmentini qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda sifat menejmenti nazariyasining asosiy konsepsiyalari, xorijiy va mahalliy olimlarning qarashlari tanqidiy tahlil qilingan hamda ularning qurilish materiallari sanoatiga tatbiq etish imkoniyatlari baholangan. Maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari, ISO 9001 sifat menejmenti tizimini joriy etgan korxonalar ulushi, nuqsonli mahsulot darajasi va eksport ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tahlil natijalari sifat menejmenti tizimini joriy etish mahsulot sifati barqarorligini ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda korxonalar raqobatbardoshligini kuchaytirish borasida ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqilgan
Ilmiy maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarini rivojlantirish mexanizmining mazmuni va mohiyati ko ‘rsatib berilgan. Jumladan, elementlarini integrasiyasini ta’minlash tashkiliy tuzilmalarda va korxona raqobatbardoshligini ko‘tarish; samarali ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida o‘z-o‘zini boshqarish va elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlash; innovasion tavakkalchilik asosida ishlab chiqarish omillarini doimiy kombinasiyasini yaratish uchun barqaror turtki berish; korxona ichki va tashqi muhitini barqarorligini oshirish, shuningdek, korxonalar liberalligi va samarali rivojlanishini ta’minlash asoslangan
Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik investitsiyalarni hisobga olish tizimini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Amaldagi buxgalteriya schyotlar tizimida ekologik xarajatlar umumiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida aks ettirilishi ularni nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklashi aniqlangan. Shu munosabat bilan, 8540–“Ekologik investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish” schyoti va unga bog‘liq 8541, 8542, 8543 subhisoblarni joriy etish taklif etildi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan milliy hisob siyosati qiyoslab chiqildi hamda amaliy misollar asosida yangi buxgalteriya modelining samaradorligi asoslab berildi.
Ushbu maqola uy-joy kommunal sohasida innovatsion loyihalarni qo‘llashning zamonaviy yondashuvlarini tahlil qiladi. Innovatsiyalar, jumladan, energiya samaradorligini oshirish, ekologik toza qurilish materiallarini qo‘llash, suv va chiqindilarni boshqarish, shuningdek, aholi uchun qulay xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha yangi texnologiyalarni ko‘rib chiqadi. Maqolada ushbu innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning uy-joy kommunal sohasiga qo‘shayotgan hissasi va kelajakda ushbu loyihalarning rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Innovatsion loyihalar nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Maqola, shuningdek, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, davlat-xususiy sherikchilik va barqaror rivojlanish masalalariga alohida e'tibor qaratadi.