Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalarini soliqqa tortish amaliyotidagi islohotlar, ularning samaradorligi tahlil qilingan. Agrar sohani rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar o‘rganilib, qishloq xo‘jaligi korxonalarini va ularda faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilarni adolatli soliqqa tortish yuzasidan taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonning qo‘shilgan qiymat solig‘ining fiskal samaradorligi “QQS daromadlar nisbati (VRR)” ko‘rsatkichi asosida OECD metodologiyasi bo‘yicha baholanadi. Tadqiqotda 2019–2024-yillar davomida amalga oshirilgan soliq islohotlari, jumladan QQS stavkasining pasaytirilishi, elektron hisob-faktura tizimining joriy etilishi va soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish choralari tahlil qilinadi. Natijalar mazkur davrda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va QQS tushumlari o‘sishiga qaramay, VRR darajasi deyarli o‘zgarmagani, norasmiy iqtisodiyot ulushi, naqd pul asosidagi operatsiyalar va soliq imtiyozlari QQS yig‘imdorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillar ekanini tasdiqlaydi
Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi asosida ishlab chiqilgan baholash tizimining iqtisodiy, huquqiy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Reyting mezonlari xalqaro reyting amaliyotlari bilan qiyosiy o‘rganiladi, raqamli fiskal boshqaruv va soliq intizomi tamoyillari bilan uyg‘unligi tahlil etiladi. Tizimdagi amaliy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot O‘zbekiston sharoitida fiskal islohotlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi