Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, mamlakatimizning turmush darajasini yanada yaxshilash, mamlakatimizda bugungi kunda izchil olib borilayotgan islohotlardandir. Ushbu maqolaning zamirida mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy etishi, mamlakatimizda qurilish sohasini rivojlantirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish, aholimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash, yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichini oshirish va iqtisodiy rivojlantirish yotadi.
Maqolada, kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush darajasi yaxshilash bo‘yicha xorij va mahalliy olimlarning tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yaratilgan tizim hamda kelgusi rejalar to‘g‘risida tahliliy fikrlar ilgari surilgan. Dunyoda aholi turmush darasini oshirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar va ularga qaratilgan islohotlar, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar keng koʻlamda davom etmoqda. Jumladan, isteʼmol savati, yashash minimumi, minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining optimal nuqtasi hamda kambagʻallik va qashshoqlik chegaralarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish va bunda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi uchun xususiy tadbirkorlik yoʻnalishlariga doir ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida mulohazalar keltirilgan. Adabiyotlar tahlil qismida mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chiqarilgan meyoriy xujjatlar keltirib o‘tilgan. Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bayon etilgan.