Maqolada O‘zbekiston Respublikasi energetika sektorini kam uglerodli rivojlanish tamoyillari asosida transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yashil investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy va institutsional shart-sharoitlari yoritilgan. Quyosh, shamol va gidroenergetika ishlab chiqarishining zamonaviy holati, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish sohasidagi davlat siyosati hamda energetik transformatsiyaning milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’siri tahlil qilingan. Energetika loyihalariga xos iqlimiy, texnologik, investitsiyaviy va infratuzilmaviy risklarni boshqarishda sug‘urta bozorining o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada tijorat banklari tomonidan ko‘chmas mulkka kiritiladigan investitsiyalarning daromadliligi va ular bilan bog‘liq risklar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, bank investitsiyalarining moliyaviy barqarorlikka ta’siri o‘rganiladi. ATB “Kapitalbank” faoliyati misolida o‘tkazilgan tadqiqot ko‘chmas mulk investitsiyalarini boshqarish xavfga yo‘naltirilgan yondashuvni talab qilishini ko‘rsatdi va shu tariqa uning amaliyotdagi ahamiyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqot natijalarining ahamiyati tijorat banklarining investitsiya strategiyalarini yaxshilash va aktivlar sifatini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada riskni taqsimlab moliyalash modellari faoliyati bilan bog‘liq muammolar asosan islom moliyasi instrumentlari nuqtayi nazaridan o‘rganilgan. Riskni ko‘chirishga asoslangan moliya mexanizmlari kamchiliklari, riskni taqsimlashning yutuqlari keltirilgan. Shu bilan birga, riskni taqsimlab moliyalash bilan bog‘liq muammolarning asosiy sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan. Jumladan, axborot asimmetriyasi, axloqiy xavf (moral hazard), noto‘g‘ri tanlov, prinsipal-agent muammolari, rag‘batlar tarkibidagi dolzarb kamchiliklar tahlil etilgan.