Ushbu maqolada islom banklari moliyaviy xisobotlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Moliyaviy xisobotlarning shakllari birma bir an’anaviy buxgalteriya va islom buxgalteriya qoidalari bo‘yicha tahlil qilingan. Jumladan, korxonaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi balansning tarkibiy qismidagi o‘zgarishlar yoritib berilgan. Islom buxgalteriyasida an’anaviy buxgalteriyaga qo‘shimcha tarzda 3 ta hisobot shaklining qo‘shilish sabablari birma bir bayon etilgan. Shuningdek, maqolada cheklangan investisiyalardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot namunasi keltirilgan. Maqola so‘nggida islom banklarining foyda va zararlarning taqsimot yo‘nalishlari bo‘yicha xulosalar keltirilgan.
Ushbu maqolada buxgalteriya balansi tuzishning metodologik asoslari, uni takomillashtirish yo‘nalishlari va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yoritiladi. Buxgalteriya balansi korxonaning moliyaviy ahvolini baholashda asosiy axborot manbai sifatida qaralib, uning to‘g‘ri shakllantirilishi moliyaviy qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada aktiv va passiv moddalar tarkibini belgilash, balans strukturasini hamda likvidlik darajasini tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan hisob tizimlari orqali balans ma’lumotlarining axborot qiymatini oshirish imkoniyatlari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan samarali foydalanish, korxonaning moliyaviy barqarorligini baholash va boshqaruv qarorlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit va kreditlari YIM ga nisbatan tendensiyasi va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha amaldagi holati tahlil qilingan. Tijorat banklari balansidagi depozit va kredit ko‘rsatkichlari statistik va qiyosiy tahlil qilinib, ularning mutanosibligini ta’minlash orqali bank riskini minimallashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.