Maqolada aholi moliyaviy savodxonligi darajasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy savodxonlik darajasi ijtimoiy-demografik xususiyatlar (yosh, jins, ma’lumot darajasi, daromad), moliyaviy bilimlar, moliyaviy xulq-atvor, moliyaviy munosabat va moliyaviy tayyorgarlik kabi omillarga bog‘liq. Shuningdek, oila, oilaviy holat, milliy va diniy xususiyatlar, shaxsning moliyaviy mahsulotlar bilan tajribasi ham moliyaviy savodxonlikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu maqolada iste’molchilar xulq-atvoriga ta’sir etuvchi omillar ekonometrik yondashuv asosida formalizatsiya qilinadi va ularning xarid qarorlari hamda iste’mol hajmiga ta’siri miqdoriy baholanadi. Tadqiqot doirasida daromad, narxlar va inflyatsion kutilmalar, uy xo‘jaligi demografik xususiyatlari, axborotga kirish darajasi, raqamli kanal/marketing ta’siri hamda psixologik omillar (xavfga munosabat, ishonch) kabi determinantlar tizimli ravishda modellarga kiritiladi. Metodologik qismda xarid qilish ehtimolini baholash uchun logit/probit modellari, iste’mol talabi uchun regressiya va panel ma’lumotlar (fixed/random effects) yondashuvlari, endogenlik muammosini yumshatish uchun instrumental o‘zgaruvchilar hamda mustahkamlik tekshiruvlari qo‘llanadi. Natijalar iste’molchi siyosati, raqobat muhiti va bozor monitoringi uchun amaliy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik investitsiyalarni hisobga olish tizimini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Amaldagi buxgalteriya schyotlar tizimida ekologik xarajatlar umumiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida aks ettirilishi ularni nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklashi aniqlangan. Shu munosabat bilan, 8540–“Ekologik investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish” schyoti va unga bog‘liq 8541, 8542, 8543 subhisoblarni joriy etish taklif etildi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan milliy hisob siyosati qiyoslab chiqildi hamda amaliy misollar asosida yangi buxgalteriya modelining samaradorligi asoslab berildi.
Maqoladatо‘qimachilik korxonalarida xarajatlarni kamaytirish va uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida resurslar yetkazib beruvchilar bilan samarali о‘zaro munosabatlarni tashkil etish natijalariga tayanib, strategik rejalashtirishni takomillashtirish masalasi о‘rganilgan.
Maqolada liderlik tushunchasining mazmun-mohiyati, liderlikka an’anaviy yondashuvlar, liderlikning xulq-atvor nazariyalari, rahbarning shaxsiy xarakteristikasi, jamoa faoliyatini boshqarish, korxonani boshqarish tizimida liderlik stili, tashkilotda liderlikni boshqarish, mojaroli vaziyatlar sharoitida liderlik, innovatsion liderlikka oid masalalar, uning pedagogik asoslari, rahbar faoliyatini takomillashtirish asosida o‘qitish mazmuni, shakl, metod va vositalar, shuningdek, olingan natijalardan samarali foydalanish imkoniyati, boshqaruvda menejment va liderlik faoliyati, boshqaruv funksiyalari, unda odamlarning xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini samarali boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.
Mustaqillikka erishganidan buyon 33 yil davomida Rossiya O'zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy sheriklardan biri bo'lib, tovar ayirboshlash hajmi bo'yicha birinchi o'rinlarni egallab kelmoqda. 2024 yilda ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiyot, migratsiya, ta'lim, turizm va boshqa sohalarga oid bir qator strategik hujjatlar imzolandi. Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy munosabatlarni yanada mustahkamlash tendentsiyasi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan rus tilining ahamiyati,ta’siri va dolzarbligi ortib bormoqda. Davlatlararo muloqotda rus tili qanday rol o’ynaydi? Xususan, migrantlar, talabalar, biznes sub'ektlari qanday muammolarga duch kelishmoqda? Va rus tilini bilish bilan bog'liq dolzarb muammolarni hal qilish uchun nimalar qilish kerak? Ushbu maqolada yuqoridagi savollarga javob berish uchun tahlil o'tkazildi.
Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozori ishtirokchilarining moliyaviy hisobotlari asosida ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabat, xususan, kapital qaytimi, foyda rentabelligi, sug‘urta zaxirasi o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan. Nazorat omili sifatida kompaniyalarning onlayn qidiruv tizimlaridagi optimizatsiyasi (SEO) ning moliyaviy ko‘rsatkichlarga ta’siri ham baholangan. Shuningdek, maqolada ushbu munosabatlar ikki xil model yordamida statistik tahlil qilingan.