Mazkur maqolada respublikada yong‘oq biznesini rivojlantirish ushbu jarayonning huquqiy konsultatsiyasini kengaytirishi imkoniyatlari yoritilgan. O‘zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari bilan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi sohasining eksport salohiyatini oshirish hamda jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grek yong‘og‘i yetishtirish, sohani zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, ishlab chiqarishga jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulot yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan grek yong‘og‘i navlari, tejamkor va raqamli agrotexnologiyalarni joriy qilish mahsulot sifatini yaxshilash va tarmoqda mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka, sohibkorlikka asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham xususiy sektorda tadbirkorlik faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiyotda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga hamda shu orqali iqtisodiyot tarmoqlarini yanada daromadligini oshirish, aholini ish bilan bandligini yaxshilash, farovonligini yuksaltirishga erishishdir. Bunday ustuvor natijalarga erishishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xususiy sektorda tadbirkorlikning rivojlanishiga hamda shu asosda, iqtisodiy o‘sishga va milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgandir.