Ushbu maqola zamonaviy sharoitda moliyaviy menejmentning xususiyatlarini aniqlashga bag'ishlangan. Maqolada “moliyaviy menejment" tushunchasi batafsil ko'rib chiqilgan bo’lib, uning ahamiyati asoslangan, moliyaviy boshqaruvning asosiy tamoyillari keltirilgan, kichik va o'rta firmalar faoliyatida moliyaviy menejmentning roli ko'rib chiqilgan, shuningdek, asosiy jihatlari, muammolar va ularni hal qilishning mumkin bo'lgan usullari aniqlangan.
Nozima Maxmudova , Muzaffar Makhmudov , Arun Bajracharya
Moliyaviy tartibga solishning raqamlashtirilishi Regulatory Technology (RegTech) va Supervisory Technology (SupTech) texnologiyalarining joriy etilishini jadallashtirdi. Biroq, mavjud tadqiqotlarda ushbu texnologiyalar odatda alohida o‘rganilib, ularning moliyaviy tartibga solish ekotizimidagi o‘zaro bog‘liqligiga yetarli e’tibor qaratilmagan. Ushbu tadqiqot mavjud adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida RegTech va SupTech joriy etilishiga ta’sir etuvchi umumiy rag‘batlantiruvchi hamda cheklovchi omillarni aniqlovchi integratsiyalashgan konseptual modelni ishlab chiqadi. Model tijorat banklari va markaziy banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yoritib, texnologiyalarni joriy etish tartibga solish ekotizimida amal qiluvchi rag‘batlantiruvchi va cheklovchi omillar muvozanati bilan belgilanishini ko‘rsatadi. Taklif etilgan model kelgusidagi empirik tadqiqotlar va siyosatni ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirda jahon miqyosida moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementi hisoblangan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari keng tadqiq etilmoqda. Xususan, global pandemiya sharoitida tashqi bozorlardagi oʻzgaruvchan muhitga tez moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning strategik rejalar bilan uygʻunlashtirilgan mukammal modelini shakllantirish yuzasidan maqsadli izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementlaridan biri kompaniyalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kompleks baholashning keng koʻrsatkichlar arsenalini mujassamlashtiruvchi moliyaviy diagnostikaning tashkiliy arxitekturasini takomillashtirishga eʼtibor qaratilmoqda.
Maqola O‘zbekiston energetika tarmog‘i kompaniyalarining moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish uchun boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish yo‘llarini aniqlashga bag‘ishlangan. Buning uchun O‘zbekistonda taqdim etilayotgan elektr energetikasi resurslarining mavjudligi va sifati Jahon bankining 2003-2020 yillardagi statistikasi asosida adabiyotlar sharhida keltirilgan manbalarga asoslanib, regressiyon tahlili o‘tkazilgan va natijada O‘zbekiston energetika tarmog‘i kompaniyalarining moliyaviy boshqaruv samaradorligiga eng katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqaruv hisobining asosiy ko‘rsatkichlari aniqlangan. O‘zbekistonda energetika sohasi kompaniyalarining moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish uchun boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha mualliflik tavsiyalari taklif etilgan.