Maqolada investitsiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni boshqarish modellari evolyutsiyasi tahlil qilingan. Zamonaviy portfel nazariyasini asoschilaridan G.Markovits nazariyasi va uning asosiy g’oyalari o’rganilgan. Markovitsning ilmiy ishini uning shogirdi U.Sharp tomonidan takomillashtirilgan nazariyasi va ular o’rtasidagi asosiy farqli jihatlari, ustunlik va xatolik darajalari ko’rilgan. Portfel nazariyasiga salmoqli xissa qo’shgan S.Rossning “Arbitraj narxlar nazariyasi” o’rganilgan, uning boshqa modellardan farqli jihatlari tahlil qilingan. Keyingi portfel nazariyasini rivojlantirgan olimlar Nedosekin va Zaychenko hisoblanadi, ular tomonidan ishlab chiqilgan “Noaniq toʻplami modeli” maqolada ko’rib chiqilgan. Shuningdek, investitsion portfelning optimallashtirish modellari, ularning yutuqlari va kamchiliklari, hamda bir-biridan farqli jihatlari o’zaro taqqoslangan.
Investorlar uchun investitsiyadan kutilayotgan daromadni maksimallashtirib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risk darajasini kamaytirish har doim dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada zamonaviy portfel nazariyalari, portfeldan kutilayotgan daromad va risk omillari haqida soʻz yuritiladi. Harry Markowitsning zamonaviy portfel nazariyasi, uning qarashlari va boshqa iqtisodchi olimlarning investitsiya va portfel haqidagi mushohadalari toʻgʻrisida fikr yuritiladi. Tahlil qismida esa Oʻzbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining 3 yillik aksiyalaridan portfel tuzilib, portfeldan kutilayotgan oʻrtacha daromad va portfel riski aniqlanadi. Tahlil natijalarida kelib chiqib, ilmiy-amaliy xulosalar beriladi.