Ushbu maqola savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini milliy standartdan xalqaro standartga transformatsiya qilish jarayoni haqida bo‘lib. Unda milliy standartda tuzilgan hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish boshqichlari, qiyinchiliklari, afzalliklari va dolzarb masalalari, shuningdek amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bayon qilingan.
Nomodiy aktivlar boʻyicha amaldagi 7-son BHMS (Buxgalteriya hisobi milliy standarti) qoidalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga uygʻunlashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar yuritilgan. BHMSning tegishli bandlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ilmiy takliflar va tavsiyalar berilgan. Natijada amaldagi 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar” nomli standart qoidalarini MHXS talablariga muvofiqligi taʼminlanadi va ularni korxonalar amaliyotida qoʻllash imkoniyati yaratiladi.
Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik investitsiyalarni hisobga olish tizimini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Amaldagi buxgalteriya schyotlar tizimida ekologik xarajatlar umumiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida aks ettirilishi ularni nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklashi aniqlangan. Shu munosabat bilan, 8540–“Ekologik investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish” schyoti va unga bog‘liq 8541, 8542, 8543 subhisoblarni joriy etish taklif etildi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan milliy hisob siyosati qiyoslab chiqildi hamda amaliy misollar asosida yangi buxgalteriya modelining samaradorligi asoslab berildi.
Ushbu maqolada bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining integratsiyalashuvi jarayonida O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishning dolzarbligi va ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, BHMS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni MHXSga muvofiq uyg’unlashtirish masalalari, transformatsiya qilish bosqichlari keltirib o‘tilgan hamda milliy standartlar va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilingan
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida uyg‘unlashtirish hamda bu orqali jahon bozoriga aniq va ishonchli ma’lumotlar bilan kirish, majburiyatlar hisobining yuritilishi va uning xalqaro standartlar asosida takomillashtirilishining zaruriyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 qarori yurtimizda MHXSni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lganligi haqida keltirib o‘tiladi.
Ushbu maqola telekommunikatsiya kompaniyalarida foyda solig‘i auditining o‘ziga xos xususiyatlari haqida bo‘lib, unda telekommunikatsiya kompaniyalarida audit o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, billing tizimining afzalliklari, shuningdek amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar bayon qilingan.
Maqola globallashuv jarayonida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqishga bag'ishlangan va O'zbekistonda Milliy Buxgalteriya Hisobi Standartlarini (MBS), shu jumladan nomoddiy aktivlar bilan bog'liq standartni Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlariga (IFRS) muvofiq ravishda tuzatish tajribasiga bag'ishlangan, shuningdek, yechimlar taklif qilingan. Bu bilan muallif xalqaro standartlarga muvofiq nomoddiy aktivlarni tan olish, balans qiymatini baholash, amortizatsiyani hisoblash usuli, qayta baholash modeli, moliyaviy hisobotda nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish tartibi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni taklif etadi (38-IFRS). Bundan tashqari, nomoddiy aktivlarning boshlang'ich qiymati, amortizatsiyasi, uzoq muddatli va ja’mi aktivlarga ta'sirini baholash uchun ularni qayta baholash modeli bo'yicha ba'zi fikrlar mavjud.