Mazkur maqolada moliyaviy rejalashtirish sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlil qilindi va ularning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritildi. Moliyaviy rejalashtirishning iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni, uning strategik va taktik darajadagi vazifalari, korxonalar moliyaviy barqarorligiga ta’siri ilmiy asoslarda tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribalariga tayanilgan holda moliyaviy rejalashtirishning zamonaviy usullari, jumladan byudjetlashtirish, moliyaviy modellashtirish, senariy tahlili va risklarni boshqarish yo‘nalishlari o‘rganildi.Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlovchi muhim boshqaruv vositasi hisoblanadi. Uning samaradorligi esa to‘g‘ri axborot bazasi, ilg‘or hisob-kitob usullari hamda xalqaro standartlardan foydalanish bilan bevosita bog‘liq.
Ушбу мақолада молиявий муассасаларда капиталга асосланган молиялаштиришнинг усулларидан бири бўлган истисна ва унинг мазмун-моҳияти эътироф этилган. Ислом иқтисодиёти талабларидан келиб чиққан ҳолда истиснанинг хусусиятлари, ўзига хос жиҳатлари акс эттирилган. Истисна инструменти ва уни бухгалтерия ҳисобида акс эттиришнинг ўзига хос жиҳатлари ҳамда бошқа молиявий инструментлардан, хусусан, саламдан устун ва камчиликлари ёритилган. Ушбу инструментнинг хуқуқий асослари, тартиб қоидалари баён этилган. Истисна операциясидаги тўлов шакллари, уларни амалга оширишда вақтнинг хусусияти бирма-бир таҳлил қилинган. Шунингдек, истисна инструментининг анъанавий молиявий муассасалар томонидан таклиф этиладиган молиявий инструментларга ўхшаш ва фарқли жиҳатлари акс эттирилган. Мақола сўнггида истисна инструментидан фойдаланишнинг афзалликлари бўйича хулосалар келтирилган
Mazkur maqolada mamlakatda soliq sohalarida ko‘p yillardan buyon soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha rivojlantirish sarhisobi, biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni takomillashtirishda hududlararo soliq inspeksiyasini o‘rni va ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston soliq tizimida amalga oshirilayotgan ayrim muhim islohotlar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Maqolada liderlik tushunchasining mazmun-mohiyati, liderlikka an’anaviy yondashuvlar, liderlikning xulq-atvor nazariyalari, rahbarning shaxsiy xarakteristikasi, jamoa faoliyatini boshqarish, korxonani boshqarish tizimida liderlik stili, tashkilotda liderlikni boshqarish, mojaroli vaziyatlar sharoitida liderlik, innovatsion liderlikka oid masalalar, uning pedagogik asoslari, rahbar faoliyatini takomillashtirish asosida o‘qitish mazmuni, shakl, metod va vositalar, shuningdek, olingan natijalardan samarali foydalanish imkoniyati, boshqaruvda menejment va liderlik faoliyati, boshqaruv funksiyalari, unda odamlarning xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini samarali boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.