Mazkur maqolada tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning an’anaviy va zamonaviy ehtiyojlar taqqoslanishi, tibbiy xizmatlar sohasi rivojlanishining innovatsion tendensiyalari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarining an’anaviy va zamonaviy trendlari xususiyatlari tahlili keltirilib amaliy xulosalar chiqarilgan.
Tadqiqotning maqsadi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirishda dolzarb masala bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy xizmatlar sohasining Samarqand viloyati misolida ko‘rib chiqishdir. Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish va iqtisodiyotni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan tibbiy xizmatlar sohasining tizimli tahlili va uni rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan.
Mazkur maqolada davlat tibbiyot tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobining nazariy jihatlari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda raqamli infratuzilma sharoitida foydalanish mexanizmlari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari nomoddiy aktivlar, elektron tibbiy reestrlar, tibbiy axborot tizimlari, litsenziyalar, klinik protokollar, tibbiy maʼlumotlar bazalari va intellektual resurslar, tibbiyot muassasalarining xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishda asosiy omilga aylanganini koʻrsatdi. Maqolada nomoddiy aktivlarni baholashning integral indikatorli modeli (IAI) ishlab chiqilib, besh indikator: axborot tizimlari qiymati, klinik litsenziyalar, maʼlumotlar bazasi qiymati, elektron xizmatlar samaradorligi va intellektual salohiyatga asoslangan baholash metodologiyasi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari nomoddiy aktivlarni hisobga olishda faqat moddiy moliyaviy koʻrsatkichlar bilan cheklanish amaliy jihatdan yetarli emasligini, ijtimoiy foyda va xizmat samaradorligini hisobga oluvchi kompleks yondashuv talab etilishini asosladi. Maqola natijalari davlat tibbiyot tashkilotlarida moliyalashtirish samaradorligini oshirish, hisob siyosatini takomillashtirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida intellektual resurslarni strategik boshqarish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida tez tibbiy yordam xizmatini avtomatlashtirish, tez tibbiy yordam xizmatining holati, tez tibbiy yordam xizmati rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ushbu tizim boshqaruvi bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Sog’liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni tashkil etish, tez tibbiy yordam xizmatini yaxshilash va avtomatlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasidagi tez tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlari sohasidagi mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilgan