Ушбу мақолада, Асосий фондлар қийматини баҳолашнинг вужудга келиши ва ривожланиши, бозор ислоҳотларининг барча иштирокчилари томонидан асосий фондлар ва уларга бўлган ҳуқуқларни фуқаролик-ҳуқуқий оборотга жалб қилиш ҳамда хўжалик юритиш бозор механизмларини барпо этиш масалалари тадқиқ этилган. Шунингдек, Баҳолаш ишларини математик моделлаштириш усулларини қўллаш шартлари, Активлар қийматини баҳолашни математик ва дастурий таъминлаш интерфаол жараёнининг механизми ва улар асосида таклиф ҳамда тавсиялар келтирилган.
Mazkur maqolada vaqtli qatorlarning chiziqsiz trendlarini aniqlash, matematik modellash, regressiya usullari bilan trend tenglamalarini topish va bashoratlash kabi bosqichlar yoritilgan. Ayniqsa, iqtisodiy jarayonlarning murakkab dinamikasi hisobga olingan holda, eksponensial, logarifmik va polinomial modellarning ustun jihatlari tahlil qilingan. Amaliy misollar orqali bashorat natijalarining aniqligi va xatolik mezonlari ko‘rib chiqilgan.
Ushbu maqolada 2010-2023 yillardagi Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi taʼminoti hajmi dinamikasi koʻrsatkichlari asosida, shu davrlardagi hamda 2010- yildan 2017-yilgacha va undan keyingi davrlar uchun matematik modellari tuzilgan. 2024- yildan 2030-yilgacha prognoz koʻrsatkichlari aniqlangan. Shuningdek, oʻrganilayotgan davrda elektr energiyasi taʼminoti hajmining oʻsish dinamikasi tahlil qilingan.
Ushbu maqolada mikrorayon hududida insolyatsiyani optimallashtirish orqali aholi uchun sanitariya va ekologik sharoitlarni ta’minlashning ilmiy-amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Insolyatsiya sog‘lom va qulay shahar muhitini shakllantirishda asosiy omillardan biri ekani, binolarning energiya samaradorligiga, ekologik muvozanatga hamda arxitektura va shaharsozlik yechimlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi qayd etiladi. Hisoblash usullari qurilish geometriyasi, mintaqaviy iqlim xususiyatlari hamda matematik modellashtirishdan foydalanishga asoslangan. Mikrorayon infratuzilmasini optimallashtirishda sanitariya, ekologik va demografik sharoitlarning o‘zaro bog‘liqligi namoyish etiladi. Toshkent shahri amaliyotidan va xorijiy tajribadan misollar keltiriladi. Insolyatsiya talablarini mintaqaviy shaharsozlik dasturlariga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Yuklarni yetkazib berishni takomillashtirish uchun taklif etilayotgan uslubiyat barcha turdagi jo‘natmalarni hisoblash hamda ularni yetkazib berish muddatini qisqartirishga olib keladi. Stansiyada bajarilayotga turli xil jarayonlarni boshqarishda qaror qabul qilish jarayonlarini belgilab beradi. Samarali qarorlarni chiqarish uchun texnologik jarayonlarni bog‘liqligini matematik modellashtirish asosida model taqdim etilgan.Yuk tashish davomiyligini me’yorlashtirish uslubiyatini tekshirish maqsadida har bir texnologik jarayonlarni kechikish vaqtlarini inobatga olib tashkil qilish kerak. Me’yorlarni qo‘llashning asosiy sababi, yuklarni yetkazib berish muddatini tezlashtirish hamda yuklarni yetkazib berish kechikishi uchun jarimalarni alohida temir yo‘llar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashdan iborat. Bu esa mijozlar bilan shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish orqali vaziyatni yaxshilashga olib keladi.