Ijtimoiy va axloqiy marketing konseptsiyasining asosiy yondashuvi maqsadli bozorlarning ehtiyojlari, istaklari va manfaatlarini aniqlash, isteʼmolchi va butun jamiyat farovonligini saqlab qolish hamda oshirishga qaratilgan samarali usullar bilan kerakli darajada qoniqishni taʼminlashdir. Ijtimoiy va axloqiy marketing konseptsiyasini amalga oshirish uchta omilning muvozanatini talab qiladi: ishlab chiqaruvchi tashkilotning foydasi (sanoat, davlat), sotib olish ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Shuningdek, axloqiy marketing beshta asosiy tamoyili mavjud. Axloqiy marketing boʻyicha keltirib oʻtilgan asosiy prinsiplarga moslik holatini barcha korxonalar amaliyotida foydalanish holatini tahlil qilish uchun baholash metrikalarini tuzish talab etiladi.
Maqolada tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlili keltirilgan, tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining iqtisodiy va texnologik muhitidagi strategik tendensiyalari yoritib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar asosida bank xizmati ko‘rsatishni oxir-oqibat mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va bank tomonidan ular uchun haq olishga yo‘naltirilgan operatsiya va bitimlar sifatida xalqaro jarayonlarga monand ravishda transformatsiyalashuvini ta’minlash, raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm xizmatlarini boshqarish tizimini modernizatsiya qilishning zaruriyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali strategik yo‘nalishlar ilmiy asosda tahlil qilindi. Tadqiqot davomida statistika, komparativ tahlil, TOWS yondashuvi, kontent tahlili kabi metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sohada institutsional nomuvofiqliklar, raqamli boshqaruvning sustligi, hududlar bo‘yicha xizmatlar sifati notekisligi, kadrlar malakasining pastligi va marketing siyosatining yetarli emasligi hali ham dolzarbdir. Shuningdek, smart-turizm, raqamli platformalar, xalqaro standartlar asosida xizmat sifati boshqaruvi va mahalliy aholi ishtirokini kengaytirish kabi yo‘nalishlar sektorni modernizatsiya qilishda hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Mazkur maqola O‘zbekistonda turizm boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha kompleks yechimlar taklif etadi va amaliy qarorlar qabul qilishda foydali ilmiy manba vazifasini bajaradi.