Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorida tovar-moddiy resurslar harakatining 2015–2024 yillar davomidagi holati, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va tashqi savdo tarkibi qiyosiy hamda statistik tahlil usullari orqali yoritildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tovar bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni baholash, logistika va import qaramligi bilan bog'liq mavjud muammolarni aniqlash hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilayotgan davrda mamlakat YaIM hajmi 72.6% ga, tashqi savdo aylanmasi esa 177% ga oshgan. Shuningdek, raqamli savdo hajmi yillik o‘rtacha 40.2% ga o‘sib, tovar bozorining eng istiqbolli segmentiga aylandi. Shu bilan birga, eksport tarkibida xom ashyo ulushining yuqoriligi, logistika xarajatlarining kattaligi va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy disparitet (Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston o‘rtasida 6.3 baravarlik farq) kabi tizimli muammolar saqlanib qoldi. Tadqiqot xulosasida import o‘rnini bosish siyosatini takomillashtirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va mintaqaviy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик мамлакатимиз иқтисодиётининг энг йирик соҳаси бўлиб, ушбу соҳанинг барқарор ва замон талаблари даражасида ривожланиши ахолининг бандлиги ва турмуш фаровонлиги, бозорларнинг сифатли товар ва хизматлар билан тўйинганлиги, нархларнинг адолатли даражаларининг шаклланиши, мамлакат иқтисодиётининг ривожланиш суръатларини белгилаб беради. Кичик бизнес ва тадбиркорлик корхоналарининг самарали фаолиятини белгилайдиган бир қатор омиллар мавжуд бўлиб, ушбу омиллар таркибида рақобат ва рақобалашишнинг ўрни алоҳида аҳамият касб этади. Рақобат фаолиятининг самарали ташкил этилиши корхонани рақобатда устунлигини таъминлайди, бозорда мувафақиятли фаолият кўрсатишига шароит яратади. Шу боисдан бугунги кунда рақобатни кичик корхоналар фаолиятида номоён бўлиши, унинг ўзига хос хусусиятлари каби муаммоларни ўрганиш, самарали ташкил этиш бўйича маълум бир таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқиш муҳим вазифалардан бўлиб ҳисобланади. Ушбу мақолада кичик корхоналар фаолиятида рақобатнинг намоён бўлиши ва унинг хусусиятларининг баъзи жиҳатларини ёритишга харакат қилинди.
Aholi bandligi ko‘rsatkichi mehnat bozorining eng muhim tavsiflovchi jihatlaridan biri bo‘lib, u iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida ish haqidan qoniqish darajasi, ishchi-xodimlar soni, mehnat faoliyatiga qo‘shilish darajasi, shaxsiy ehtiyojlar va boshqalarni aks ettiradi. Shu jihatdan olganda, mehnat bozorining o‘ziga xos “qaynoq” segmenti hisoblanuvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalalarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.