Maqolada hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini barqarorligini ta’minlash bo‘yicha Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda mahalliy budjet daromadlarining hududlar bo‘yicha ahamiyatini oshirishning dolzarbligi asoslangan va bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar keltirilgan
О‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida budjet siyosatini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligin oshirish kabi masalalar muhim о‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur maqolada budjet siyosati samaradorligini oshirishning nazariy jihatlari tahlil qilingan
Maqolada yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar yoritib berilgan. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish budjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish yuzasidan tartib va amaliy tavsiyalar taklif etildi. Bundan tashqari, Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni soliqqa tortishning amaldagi holati bo‘yicha tadqiqot olib borilgan bo‘lib, mavzu doirasida iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o‘rganilib, xulosa va takliflar shakllantirildi.
Maqolada hududlarda rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari samaradorligini baholashning mavjud metodikalari tahlil qilinib, ularning afzalliklari va kamchiliklari aniqlangan. Rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari samaradorligini baholash budjet daromadlaridagi yo‘qotishlar bilan davlat va soliq to‘lovchilar uchun yuzaga keladigan iqtisodiy foydalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga, shuningdek imtiyozni uzaytirish, tuzatish yoki bekor qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilganligi asoslab berilgan. Soliq imtiyozlari samaradorligini baholash byudjet, iqtisodiy va ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshirilishi hamda baholash jarayoni bosqichma-bosqich olib borilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, integral koeffitsiyentga asoslangan va asosiy samaradorlik mezonlarini qamrab oluvchi baholash metodikasi taklif etilib, u mahalliy darajada soliq imtiyozlarining budjet, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini kompleks baholash hamda asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.
Maqolada nomarkazlashtirish va strategik rejalashtirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Nazariy yondashuvlar hamda Jahon banki, IHTT va BMTTD tavsiyalari asosida nomarkazlashtirishning hududiy rivojlanish va qarorlar samaradorligiga ta’siri yoritiladi. O‘zbekiston tajribasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi kontekstida baholanib, mahalliy budjetlar va hududiy tashabbuslarning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi ko‘rsatiladi. Hududlar o‘rtasidagi institutsional tafovutlar mavjud muammo sifatida qayd etilib, strategik rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar beriladi.
Ushbu maqolada tashabbusli byudjetlashtirishni O‘zbekistonda joriy etish amaliyoti o‘rganilib, xorijiy davlatlar tajribalaridan tushunchalar olingan. Tadqiqot tashabbusli byudjetni davlat moliyasini boshqarishda ishtirok etish yondashuvi sifatida samaradorligini baholashga qaratilgan. Maqolada xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan turli usullar tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitida moslashuvchanligi va qo‘llanilishi baholanadi.