Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning yuzaga kelish omillari hamda ularning bank aktivlari sifatiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida muammoli kreditlarning shakllanishiga olib keluvchi mikro va makro omillar tizimli ravishda tahlil qilindi. Shuningdek, muammoli kreditlarni samarali boshqarish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqildi. Maqolada ta’kidlanishicha, muammoli kreditlarning o‘sishi banklarning moliyaviy barqarorligi va rentabelligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ularni boshqarishda maxsus bo‘linmalar faoliyati, qarz oluvchilar moliyaviy holatini baholash va qayta restrukturizatsiya kabi usullar muhim ahamiyat kasb etadi.
Мазкур мақолада банк молиявий ресурсларини самарали бошқаришда кредит портфелини юритишнинг ўрни, тижорат банклари кредит портфелининг ҳолати уларнинг активлар ликвидлилигига таъсири кўриб чиқилган. Тадқиқот материал ва методларига кўра мавзу юзасидан бир қатор хорижий ҳамда мамлакатимизнинг иқтисодчи олимлари томонидан берилган таърифлар ҳамда фикрлари ўрганилиб, муаллиф томонидан шарҳланиб уларнинг мазмуни очиб берилган. Шунингдек, мақолада Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари молиявий ресурсларини бошқариш бўйича норматив ҳуқуқий ҳужжат лойиҳасини ишлаб чиқишда, тижорат банкларида активларни бошқаришга қаратилган чора-тадбирлар дастурини ишлаб чиқиш борасида таклиф ва амалий тавсиялар берилган.
Maqola O‘zbekiston tijorat banklarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bunda aktivlar rentabelligi (ROA) ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Markaziy bankning ma’lumotlari asosida kredit portfelining o‘sishi va jismoniy shaxslar kreditlari ulushining oshishi tahlil qilingan. Maqolada faoliyat samaradorligini oshirishning asosiy drayverlari sifatida kredit risklarini qat’iy boshqarish, foiz marjasini optimallashtirish, raqamli texnologiyalar orqali operatsion xarajatlarni optimallashtirish va qimmatli qog‘ozlar hisobiga aktivlarni strategik diversifikatsiya qilish zaruriyati asoslangan.
Maqolada 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmi, ularning samaradorligi va taqsimoti toʻgʻrisidagi raqamli maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekiston-Xitoy oʻrtasidagi investitsiyaviy hamkorlik, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dinamikasi, portfel investitsiyalar va xorijiy kreditlarning asosiy kapitalga jalb etilishi boʻyicha 2023 yil yakunlari koʻrib chiqiladi. Hududlar kesimida investitsiyalarning taqsimlanishi va eng yirik investor mamlakatlar tahlil qilinadi.
Maqolada tijorat banklarida aktivlarni tarkibi va ularni guruhlash, muammoli aktivlarning yuzaga kelish sabablari hamda ularni paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, ularning tahlili asosida o‘rganilgan. Shuningdek, banklarning kreditlash jarayonidagi muaamoli kreditlarga olib keluvchi belgilari ham yoritilgan.