Maqolada Oʻzbekistonning tijorat banklarida risklarni boshqarish tizimini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari tahlil etiladi. 2022 – 2025 yillar boʻyicha tijorat banklarining aniq statistik maʼlumotlari keltiriladi. Bank faoliyati va amaliyotida uchraydigan kredit, bozor, operatsion, likvidlilik, reputatsion va komplaens risklarga taʼrif beriladi va Oʻzbekiston bozorida shu risklarni qisqartirish boʻyicha takliflar beriladi. Bu borada sunʼiy intellekt, mashinali oʻrganish texnologiyalarini joriy etish orqali xavflarni kamaytirish usullari, xalqaro standartlar, texnologik innovatsiyalar va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish uchun inson kapitalini rivojlantirishni oʻz ichiga olgan integratsiyalashgan yechimlar taklif etiladi.
Mazkur maqolada O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish darajasi, mavjud muammo va kamchiliklari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida fond bozorining joriy holati, davlat va xususiy sektordagi qimmatli qog‘ozlar faoliyati hamda ularning iqtisodiy samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Qimmatli qog‘ozlar bozorining likvidlilik darajasi, investitsiya vositalarining cheklanganligi, xalqaro moliya bozorlariga integratsiya jarayonining pastligi hamda moliyaviy savodxonlikning yetishmasligi asosiy muammolar sifatida aniqlangan. Shuningdek, maqolada kapital bozori infratuzilmasining rivojlanmaganligi, axborot asimmetriyasi va islomiy moliyalashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi kabi omillar o‘rganilgan.
Ushbu maqolada tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatlar o‘rganiladi. Xususan, moliyaviy risklarni aniqlash, baholash, nazorat qilish, monitoring va hisobot berishning zamonaviy usullari orqali tahlil qilinib, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi moliyaviy risklar bilan bog‘liq muammolarga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashda ushbu yondashuvni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdir.