Maqolada tijorat banklarning kundalik faoliyatida duch keladigan xavflar keltirilgan bo‘lib, ular banklarning moliyaviy holati va barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Banklar o‘z faoliyatida bir nechta turdagi risklarga duch keladilar. Shu maqsadda moliyaviy, operatsion, strategik, reputatsion, huquqiy, xalqaro, tabiiy ofatlar va ekologik risklar, tibbiy va sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, xarajatlar, texnologik risklar o‘rganilib, shu bilan birga banklarning xatarlarini o‘rganishdagi Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan talablar o‘rganilgan.
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlari faoliyatini kreditlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi muammoli holatlar tadqiq etilgan. Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini kreditlashning samaradorligini oshirish jarayonlarining tizimli rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq mutanosibli holatlar o‘rganilgan. Kichik biznes subyektlari faoliyatini kreditlash mexanizmining hududiy asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.
Ushbu maqolada tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatlar o‘rganiladi. Xususan, moliyaviy risklarni aniqlash, baholash, nazorat qilish, monitoring va hisobot berishning zamonaviy usullari orqali tahlil qilinib, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi moliyaviy risklar bilan bog‘liq muammolarga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashda ushbu yondashuvni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdir.
Maqolada ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tadqiq qilingan. Shu bilan birga bu jarayondagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada bugungi kunda globallashuv sharoitida tijorat banklarining likvidliligini taʼminlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini oshirish, milliy iqtisodiyotdagi to‘lovlarning uzluksizligini taʼminlashning zaruriyati bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar berilgan.
Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning yuzaga kelish omillari hamda ularning bank aktivlari sifatiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida muammoli kreditlarning shakllanishiga olib keluvchi mikro va makro omillar tizimli ravishda tahlil qilindi. Shuningdek, muammoli kreditlarni samarali boshqarish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqildi. Maqolada ta’kidlanishicha, muammoli kreditlarning o‘sishi banklarning moliyaviy barqarorligi va rentabelligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ularni boshqarishda maxsus bo‘linmalar faoliyati, qarz oluvchilar moliyaviy holatini baholash va qayta restrukturizatsiya kabi usullar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada bank sektorida raqamli kreditlash evolyutsiyasini asoslovchi me’yoriy-huquqiy baza va huquqiy jihatlarni o‘rganildi. Zamonaviy moliyaviy landshaftda banklar chakana kreditlash amaliyotini o‘zgartirish uchun raqamli texnologiyalardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Ushbu maqolada chakana kreditlash amaliyotini raqamli transformatsiya qilish va uni tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy tizimlarning yaxlitligini ta’minlaydigan huquqiy asoslarni o‘rganadi.