Maqolada zamonaviy korxonalarda risk-menejment strategiyasini ishlab chiqish uchun ilmiy farazlar va g‘oyalar, qonunlar, maqsad va vazifalar, boshqaruv tamoyillari va funksiyalarini, boshqaruvli ta’sir ko‘rsatish usullari hamda metodologiyasiga oid nazariy va uslubiy masalalarni yaxlit ifodalashga qaratilgan tijorat risklarini boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish yoritilgan. Taklif etilayotgan risk-menejment konsepsiyasi asosida zamonaviy tijorat, tijorat menejmenti, strategik menejment va risk-menejment tushunchalarining asosiy qoidalariga asoslangan holda ularni boshqarish mohiyatini falsafiy va konseptual anglashga, tijorat risklarining vujudga kelishi mumkin bo‘lgan manbalariga aniqlik kiritishga, risk-menejmentga doir ilmiy bilimlar majmuining menejment fanining turli sohalari bilan aloqadorligini, tijorat risklarini boshqarishga doir muhim g‘oyalar va maqsadlarni aniqlashtirishga imkon beradigan konseptual model taklif qilingan.
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar tushunchasining umumiy nazariy talqinlari hamda ularning turizm sohasidagi xususiy mazmuni kompleks ilmiy yondashuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida raqamli texnologiya tushunchasining klassik va zamonaviy ta’riflari tizimlashtirilib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, turizmda raqamli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ilmiy konsepsiyalar va UNWTO yondashuvlari o‘rganilib, ushbu tushunchaning sohaga xos jihatlari asoslab berilgan. Maqolada muallif tomonidan turizm sohasida raqamli texnologiyalarga oid yangi, integrallashgan ta’rif taklif etilib, uning ilmiy yangiligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari turizm iqtisodiyoti nazariyasini rivojlantirish va PhD darajasidagi ilmiy izlanishlar uchun konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.