Maqolada turistik xizmatlarga bo‘lgan talab mavsumiy tebranishlarini tekislash uslubiyoti nazariy jihatdan o‘rganilgan holda tebranishlar intensivligi darajasiga ta’sir etuvchi omillar tizimlashtirilgan. Shu bilan birga mavsumiy tebranishlar intensivligi darajasini boshqarish (tekislash) bo‘yicha yo‘nalishlar aniqlangan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston aholisining “ishlamayotgan” jamg‘armalarini, ya’ni investitsiya sifatida rasmiy iqtisodiyotga jalb etilmagan pul ko‘rinishidagi va pul ko‘rinishida bo‘lmagan sarmoya va zaxiralari ko‘lami va qiymatini aniqlash va tahlil qilish metodologiyasi taklif etiladi. Metodologiya iqtisodiyotning o‘ziga xos jihatlarini, xususan, AQSh dollarining ichki bozorga bo‘lgan yuqori darajadagi ta’sirini, xufyona iqtisodiyotning yuqori ulushini, investitsiya kompaniyalarining past rivojlanish darajasini inobatga olgan. Ushbu tadqiqotda ko‘p bosqichli yondashuv, xususan makroiqtisodiy balans usullari uy xo‘jaliklari bo‘yicha mikroma’lumotlar, naqd pulga bo‘lgan talabning xulq-atvor asosidagi modellari va manbalarni integratsiya qilish uchun bayes strukturali modulini uyg‘unlashtiruvchi ko‘p bosqichli yondashuv taklif etilgan. Ma’lumot manbalari, validatsiya jarayonlari, hududlar bo‘yicha bo‘lish va taqsimlash va joriy etish algoritmi tavsiflangan.
Ushbu maqolada intellektual axborot texnologiyalar – informatikaning kelajagi porloq va tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ilmiy va amaliy sohalardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratilgan. Sun’iy intellektning bazaviy asoslari bilimlarga tayanishi, tabiiy tillarda muloqotni tashkil etish, matnni tushunish, mantiqiy xulosa chiqarish, yechimlarni asoslash va tushuntirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.