Ushbu maqola yirik sanoat birlashmalarining investitsiya faoliyatini boshqarishning asosiy nazariy yondashuvlarini o‘rganishga qaratilgan. Investitsiyalarni boshqarish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, malakali tahlil, strategik rejalashtirish va resurslarni samarali boshqarishni talab qiladi. Investitsiyalarni to‘g‘ri boshqarish barqaror iqtisodiy o‘sishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va butun jamiyat rivojlanishiga yordam beradi.
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar tushunchasining umumiy nazariy talqinlari hamda ularning turizm sohasidagi xususiy mazmuni kompleks ilmiy yondashuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida raqamli texnologiya tushunchasining klassik va zamonaviy ta’riflari tizimlashtirilib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, turizmda raqamli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ilmiy konsepsiyalar va UNWTO yondashuvlari o‘rganilib, ushbu tushunchaning sohaga xos jihatlari asoslab berilgan. Maqolada muallif tomonidan turizm sohasida raqamli texnologiyalarga oid yangi, integrallashgan ta’rif taklif etilib, uning ilmiy yangiligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari turizm iqtisodiyoti nazariyasini rivojlantirish va PhD darajasidagi ilmiy izlanishlar uchun konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu maqolada iqtisodiy siyosatning muhim sohasi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarining nazariy tahlili keltirilgan. Investitsiya jarayonlarini tushuntirishga klassik, neoklassik, korporativ, institutsional va siyosiy-iqtisodiy yondashuvlar o‘rganiladi va taqqoslanadi. Investorlarning korporativ afzalliklari, joylashtirish shartlari, institutsional sifati va davlat investitsiya siyosatining rolini hisobga oladigan kompleks yondashuv zarurligi asoslanadi.