Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror holda rivojlantirishga yordam beruvchi iqtisodiy siyosat xususiyatlarini ishlab chiqish va ularni real hayotga tubdan tatbiq etish kun sayin muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Iqtisodiyot tarmoq va sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga ilg‘or xorijiy texnika va texnologiyalarni joriy etish ko‘p jihatdan maxsus iqtisodiy hududlar, shu jumladan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bilan uzviy bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda, tanlangan tadqiqot mavzusi bugungi kun uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.