Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud pedagogik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash siyosati va unda xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalanish istiqbollari yoritilgan.
Maqolada aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va kadrlar siyosatiga oid tahlillar berilgan. Zamonaviy raqobatbardosh bozorda 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Bu texnologiyalar mijozlar bilan muomala jarayonlarini avtomatlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash hamda xavfsizlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, yuqori malaka va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega xodimlarni jalb qilish orqali xizmat sifatini yaxshilashga erishiladi. Maqolada, shuningdek, 5G tarmoqlarini barpo qilish, IoT orqali qurilmalarni monitoring qilish, sun’iy intellekt orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish va bulutli texnologiyalar orqali ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu choralar orqali aloqa korxonalari mijozlar uchun yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, bozorda o‘z raqobatbardoshligini mustahkamlay olishi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.
Ushbu maqola O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar boshqaruvining dolzarb jihatlarini tahlil qiladi. Mualliflar ushbu mamlakatning tibbiy tizimi kontekstida malakali mutaxassislarni yollash, o‘qitish va saqlash jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar. Maqolada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, madaniy xususiyatlar va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishning milliy strategiyalari kabi xodimlarni boshqarish samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida xodimlarni yollashning mavjud strategiyalari, o‘qitish dasturlari va ularni saqlab qolish chora-tadbirlari tahlil qilinadi, shuningdek, ularni mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi. Tadqiqot natijalari tibbiy yordam sifati va xodimlarning qoniqishini oshirish maqsadida O‘zbekiston tibbiyot sohasida kadrlarni boshqarishning yanada samarali strategiyalarini ishlab chiqishda foydali bo'lishi mumkin
Mazkur tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston moliya bozoridagi zaruriy infratuzilma va imkoniyatlardan kelib chiqib, mavjud alternativ moliya elementlarini hisobga olgan holda mamlakatda alternativ moliya ekotizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish modelini ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishishda sifat yondashuvidan keng foydalanilgan. Natijada, mamlakatda alternativ moliya ekotizimini rivojlantirishda institutsional asoslarni ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash siyosati va islom moliyasi bo‘yicha xabardorlikni oshirish, islom kapital bozori instrumentlarini tatbiq etish, rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘nalish va amalga oshirish bosqichlari ishlab chiqilgan.
Ushbu maqola turizm infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishda asosiy manbalar tahliliga bag‘ishlangan. Turizm infratuzilmasi mamlakatlar iqtisodiyoti va xalqaro imidjini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli platformalar va mobil ilovalar, IoT (Internet of Things) texnologiyalari, moliyaviy manbalar, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimlari, hamda tashkiliy manbalar kabi turizm infratuzilmasining innovatsion rivojlantirishdagi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada aholini uy-joy bilan taʼminlash masalasi ijtimoiy himoyaning muhim komponenti sifatida tahlil qilinadi. Maqolada uy-joy taʼminoti sohasidagi mavjud muammolar, xalqaro tajriba va Oʻzbekistondagi islohotlar koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, samarali uy-joy siyosati ijtimoiy barqarorlik va aholi farovonligini taʼminlashning muhim omili hisoblanadi.