O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning (EIZ) rivojlanishi iqtisodiy o‘sish, sanoatlashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu zonalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining samaradorligini baholash uchun ishonchli statistik tadqiqot usullari muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Oʻzbekiston EIZlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholashda qoʻllaniladigan birlamchi statistik usullar koʻrib chiqiladi. Maqolada samaradorlikni hisoblash uchun statistik formulalar keltirilgan, ushbu usullarning ahamiyati haqida batafsil muhokamalar va kelajakdagi tadqiqotlar uchun tavsiyalar keltirilgan.
Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasida shakllangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm xizmatlar bozorida faoliyatini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish. Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sish tamoyillari, omillari va institutsional shart-sharoitlarini belgilovchi ko‘rsatkichlarni tasniflash hamda mehnat samaradorligini baholash uslubiyati tadqiq etish.
Ushbu maqolada korxonalar faqat milliy valyuta so‘mdan emas, balki har xil xorijiy valyutalardagi pul mablag‘laridan foydalanishlariga va bu muomalalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu sababli valyuta boyliklari va muomalalari buxgalteriya hisobi obyektiga aylanganligi misollar yordamida yoritilib, tegishli xulosa va takliflar berilgan.
Ushbu maqola Keyns nazariyasida investitsiya jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xatti-harakatlariga bagʻishlangan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning axborot paradigmasini shakllantirishning zamonaviy sharoitida investitsiya jarayonini amalga oshirish masalalariga qiziqish ortib bormoqda, bu bir tomondan, barcha texnologik tizimlar va komplekslarning analogdan raqamli sohaga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlsa, boshqa tomondan, barqaror iqtisodiy oʻsish uchun asos yaratish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan investitsiyalarni ragʻbatlantirish zarurati bilan bogʻliq.
Maqolada Buxoro viloyatida savdo sohasi iqtisodiy koʻrsatkichlarining 2012-2022-yillardagi dinamikasi tahlili keltirilgan. Tahlillar asosida Buxoro viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi hajmining oʻsish dinamikasi, chakana savdo xizmatlari koʻrsatuvchi iqtisodiy subyektlar soni, chakana tovar aylanmasi davri dinamikasiga baho berilgan. Sohada band boʻlganlar sonining kamayishi, import ulushining ortib borish kuzatilgan sharoitda mehnat unumdorligini oshirish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish, qoʻshimcha savdo servisini tashkil qilish hisobiga savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Maqolada ayrim mamlakatlar misolida ommaviy baholash tizimlarini shakllantirish va ularning faoliyat yuritishi bo‘yicha xorijiy tajriba ko‘rib chiqilgan. Tanlab olingan mamlakatlar tarkibiga, ommaviy baholash tizimi bir necha o‘n yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan AQSh va Shvetsiya, shuningdek, Litva va Sloveniya misolida ommaviy baholash tizimi nisbatan yaqinda XXI asr boshlarida joriy etilgan davlatlar tajribasi tahlil qilinadi. Tanlangan mamlakatlarda ommaviy baholash tizimlarining asosiy jihatlari bo‘yicha qiyosiy tahlil va umumlashtirish amalga oshirilgan. Jumladan, ommaviy baholashni qonunchilik asosida tartibga solish, ommaviy baholash jarayonini boshqarish (asosiy subyektlar o‘rtasida funksiyalar va vakolatlarning taqsimlanishi nuqtayi nazaridan), ko‘chmas mulk obyektlarining iqtisodiy hamda fizik-texnik tavsiflariga oid kirish axborotlarini hisobga olish va tahlil qilish, ko‘chmas mulkning alohida turlarini baholashda baholash yondashuvlari va usullarini qo‘llash kabi masalalar yoritilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining investitsion faoliyati, o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi hamda ularning statistik tadqiqi, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari, markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar bo‘linishi, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tumanlar kesimida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibi, o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va kreditlar, Navoiy viloyatining investitsion siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Navoiy viloyati investitsiya bozorining samarali faoliyati turli subyektlar, investorlar, pudratchilar, buyurtmachilar, loyihalash va tadqiqot tashkilotlarining investitsiya maqsadlari, investitsiya talabi va taklifi, davlat siyosati nuqtai nazardan doimiy va tizimli baholanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, investitsiya bozorining mohiyati va faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, milliy investitsion jarayonlar sharoitida hududning investitsiya siyosati yo‘nalishi bo‘yicha samarali boshqaruv echimlarini ishlab chiqish zarurati muammolarini chuqurroq ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu maqolada yer resurslaridan foydalanishda sinergik yondashuvning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanish holatlari va iqtisodiy, ekologik hamda ijtimoiy samaralari yoritilgan. Sinergik yondashuv yer resurslarining kompleks boshqaruvi, turli subyektlar o‘rtasidagi hamkorlik, sektorlararo integratsiya va innovatsion texnologiyalar asosida barqaror natijalarga erishishni ta’minlaydi. Muallif sinergiyaning mohiyatini zamonaviy yondashuvlar orqali tahlil qilib, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va iqtisodiyot sohalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi.