Maqolada mehnat bozorini shakllantirish manbalari sifatida aholi soni, hususan, iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati va ulushi, bandlik va ishsizlik darajasi, shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar hududiy jihatdan tadqiq qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar tendensiyasida hududiy o‘xshashlik va farqli holatlar tahlili o‘tkazilgan. Hudud aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi tendensiyasi tahlillariga tayanilgan holda, bu ijtimiy jarayonni mehnat resusrslarini shakllantirish va mehnat bozorini optimallashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy jarayon uchun muxim omil ekanligi asoslangan. Oxirgi yillarda shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi iqtisodiy faol aholi nisbiy ko‘rsatkichlarining hududiy tafovutini yuzaga chiqaruvchi omil sifatida baholangan. Mehnat bozorini shakllantirish manbalari hududiy jihatdan bir xil davrlar oralig‘ida o‘zgarish tendensiyasini hosil qilishi ochib berilgan. Hududlarda ishsizlik darajalarining sakrash nuqtalari iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish suratidagi kuchli tebranish bilan bog‘liqligi tushuntirilgan. Ishsizlik darajalarining ortib borishi iqtisodiy faol aholi sonining o‘sishi bilan kollinear tendensiya hosil qilmasligi asoslangan.
Ushbu maqolada aholi bandligi tushunchasi va iqtisodiy faoliyat kategoriyalarda tarkibiy o‘zgarishlar o‘rganib chiqilgan, hududlar bo‘yicha rasmiy va norasmiy sektorlarda band aholining ko‘rsatkichlari tahlil etilgan va ishsizlikka olib keladigan omillarni bartaraf etish borasida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu omillar yig‘indisining band aholi tuzilmasi va tarkibiga ta’siri insonning mehnatga qobiliyati va uning ishlab chiqarish jarayonidagi faol ishtiroki oqibati hosili bo‘lib, mutaxassisligi va kasbi bilan belgilanadi.