Ушбу мақолада Ўзбекистонда Суғурта соҳасининг ривожланиш кўрсаткичлари, хозирги кунда суғурта бозорини ривожлантириш бўйича олиб борилаётган ишлар, шунингдек, соҳани такомиллаштириш йўналишлари бўйича маълумотлар келтирилган.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston umumiy sugʻurta tarmogʻida qayta sugʻurtalashning soʻnggi yillardagi koʻrsatkichlari dinamikasi yaʼni qayta sugʻurtalashdan qabul qilingan va qayta sugʻurtaga berilgan qayta sugʻurta mukofotlari hajmi yoritilgan hamda tahlil qilingan. Shuningdek sugʻurta bozorida qayta sugʻurtaning rivojlanishidagi mavjud muammolar yoritilib, ularning yechimi boʻyicha takliflar berib oʻtilgan.
Mazkur maqolada pensiya ta’minoti va majburiy pensiya sug‘urtasining zamonaviy davlatlarning ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni hamda ularning barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda Germaniya, Italiya va AQSh pensiya tizimlari misolida majburiy, korporativ va xususiy pensiya ta’minoti darajalari, ularning moliyalashtirish manbalari, ishtirokchilar doirasi hamda funksional xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, davlatning pensiya tizimidagi tartibga soluvchi roli, avlodlar birdamligi tamoyili, jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarining ahamiyati va aholi qarish jarayonining pensiya tizimiga ta’siri ko‘rsatib berildi. Maqolada pensiya yoshi, minimal sug‘urta staji, badallar miqdori kabi mezonlar bo‘yicha ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi solishtirildi. O‘zbekiston pensiya tizimining hozirgi holati, demografik o‘zgarishlar sharoitida uning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar, majburiy pensiya sug‘urtasini takomillashtirish zarurati va islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berildi. Xulosa qismida xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirgan holda pensiyaning jamg‘ariladigan qismini rivojlantirish, aktuariy baholashni kuchaytirish, majburiy va ixtiyoriy pensiya mexanizmlarining uyg‘unlashuvi pensiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.